Jahon
Yevropaliklar nega uy sotib olishni istamaydi? Tadqiqod natijalari
Yevropada uy-joy masalasi tobora dolzarb muammoga aylanmoqda. 2025-yilgi RE/MAX European Housing Trend Report hisobotiga ko‘ra, o‘z uyiga ega bo‘lmagan yevropaliklarning qariyb yarmi kelajakda ham uy sotib olishiga ishonmaydi yoki bunga qiziqmaydi.
2025-yil avgust oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirokchilarga oddiy savol berilgan: “Qachon, agar umuman bo‘lsa, ko‘chmas mulk sotib olishingiz mumkin deb o‘ylaysiz?”
Har uch kishidan biri: “Hech qachon”
O‘rtacha hisobda respondentlarning 29% “Hech qachon — men uy sotib ololmayman” degan javobni bergan. Bu ko‘rsatkich mamlakatlar kesimida keskin farq qiladi:
- Turkiyada — 13%
- Chexiyada — 44% (eng yuqori ko‘rsatkich)
- Sloveniya — 39%
- Italiya — 35%
- Malta — 34%
- Irlandiya, Polsha, Vengriya — 33%
Yevropaning yirik iqtisodiyotlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Italiyada (35%). Eng past natijalar esa Ispaniya va Fransiyada (25%), Buyuk Britaniyada 26%, Germaniyada 28% qayd etilgan.
RE/MAX Europe bosh direktori Mixayel Poltslerning ta’kidlashicha, ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sustligi daromadlarning yetarlicha oshmasligiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, uy-joy narxlari o‘sishda davom etmoqda. Natijada, ayniqsa yoshlar uchun uy sotib olish tobora qiyinlashmoqda.
15% umuman qiziqmaydi
Respondentlarning 15 foizi esa uy sotib olishni istamasligini bildirgan. Bu ko‘rsatkich Germaniyada 31 foizga yetadi. Niderlandiya (27%), Avstriya (25%) va Shveytsariyada (22%) ham yuqori.
Mutaxassislar bu holatni madaniy omillar bilan izohlaydi. Masalan, Germaniya va Avstriyada uzoq muddatli ijara bozori barqaror va ijarachilar huquqi yaxshi himoyalangan. Shu sababli ko‘pchilik uy sotib olishni shart deb bilmaydi.
Deyarli yarmi shubhada
“Hech qachon sotib olmayman” va “Qiziqmayman” degan javoblarni birlashtirganda, o‘z uyiga ega bo‘lmagan yevropaliklarning 44 foizi kelajakda uy sotib olishiga shubha bilan qaraydi.
Bu ko‘rsatkich Germaniyada 59%, Avstriya va Chexiyada 54%, Niderlandiyada 53%, Shveytsariyada 52% ga yetadi.
Eng past ko‘rsatkich Turkiyada — atigi 18%. Mutaxassislar buni shunday izohlaydi: inflyatsiya va moliyaviy beqarorlikka qaramay, Turkiyada ko‘chmas mulk sarmoyani saqlashning asosiy vositasi sifatida ko‘riladi.
Nega ayrimlar uy sotib olishni istamaydi?
Uy sotib olishni istamaganlarning:
- 53 foizi hozirgi holatidan mamnun
- 21 foizi doimiy majburiyatlardan qochadi
- 19 foizi ko‘chmas mulk haddan tashqari qimmat deb hisoblaydi
- 16 foizi erkin ko‘chib yurishni xohlaydi
- 13 foizi ijarada yaxshi hududda yashash imkonini afzal ko‘radi
Ijtimoiy ramzdan moliyaviy strategiyaga
Poltslerning aytishicha, ilgari uy sotib olish hayotdagi muhim ijtimoiy bosqich sifatida qaralgan bo‘lsa, bugun u tobora moliyaviy strategiya sifatida ko‘rilmoqda.
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aholisining qariyb 70% o‘z uyiga ega, 30% esa ijarada yashaydi.
Shu bilan birga, narxlar o‘sishi va iqtisodiy noaniqlik fonida ko‘plab yevropaliklar uchun uy sotib olish orzusi tobora uzoqlashib bormoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


