Islom
Rasululloh (s. a. v.)dan “–…Mening ikkita qo‘shnim bor, qaysi biriga hadya beray?” deb so‘rashibdi
Alloh taolo odamzodni yaratar ekan, ularga mehribonlik nazari bilan qarab, o‘zaro doimo mehr-oqibatda bo‘lib yashashlari lozimligini O‘zining kalomiga ko‘p bora ta’kidlagan. U Zotning mehribonligi cheksiz rahmatidan birgina juz bo‘lib, insonlarning o‘zaro mehr muruvvatlari ana shu rahmatning bir jilvasidir. Shunday ekan, bir-biriga doimo muhabbatli va mehr-muruvvatli bo‘lib yashash Haq taoloning mehribonlik sifatining namoyishidir. Asarlarda bayon qilinishicha, moʻminning komillik darajasi saxovatpeshaligi, mehr-muruvvati bilan belgilanadi. Jumladan, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: «Mo‘min bo‘lmaguningizcha jannatga kirmaysizlar,bir-birlaringizga mehr-muruvvatli bo‘lmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar» (Imom Muslim rivoyati).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: “– Ey Allohning Rasuli, mening ikkita qo‘shnim bor, qaysi biriga hadya beray?”, –deb so‘radim. U Zot: “– Senga eshigi yaqinrog‘iga”, –dedilar”.
Abdulloh ibn Musovir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Ibn Abbosning Ibn Zubayrga xabar berib aytayotganini eshitdim:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “O‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och qolgan odam mo‘min emas”, deganlarini eshitdim”.
Imom Muslim rivoyat etgan yakka hadislardan birida Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday marhamat qilganlarini aytadilar: “Sadaqa bilan mol-dunyo ozayib qolmaydi”.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


