Jahon
Polshada odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoq a’zolarini qo‘lga oldi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor
Polsha huquqni muhofaza qiluvchi idoralari odam savdosi va pul yuvish bilan shug‘ullangan xalqaro jinoiy guruhga qarshi yirik maxsus operatsiya o‘tkazdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tarmoq uzoq vaqt davomida Lotin Amerikasi davlatlari, asosan Kolumbiya fuqarolarini majburiy mehnatga jalb qilib kelgan. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Amaliyot Polsha Chegara xizmati hamda Polsha Milliy soliq ma’muriyati xodimlari tomonidan Pomorsk voyevodaligida o‘tkazildi. Natijada 8 nafar shaxs qo‘lga olindi, ularning 6 nafari uch oy muddatga vaqtinchalik hibsga olindi.
Yana ikki kishiga nisbatan politsiya nazorati, mol-mulk garovi va mamlakatdan chiqishni taqiqlash chorasi qo‘llanildi. Hududdagi 17 ta turar joy va tijorat obyektida, shuningdek o‘ndan ortiq avtomobilda tintuv o‘tkazildi.
Musodara qilingan millionlab mablag‘lar
Tergov davomida katta miqdordagi pul va moddiy boyliklar musodara qilindi. Xususan, naqd pul, investitsion oltin, numizmatik buyumlar va zargarlik taqinchoqlari jami qariyb 3,6 million zlotiy (taxminan 782 ming yevro) miqdorida aniqlangan. Bundan tashqari, 28 ta bank hisobvarag‘idagi 3,8 million zlotiydan (826 ming yevrodan) ortiq mablag‘ muzlatib qo‘yildi.
Operatsiya vaqtida qurolga o‘xshash buyum va oz miqdorda giyohvand moddalar ham topilgan.
Guruh 2024-yildan beri kuzatuv ostida bo‘lgan
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur jinoiy tarmoq 2024-yildan buyon tergov qilinayotgan edi. Guruh tarkibiga asosan Ukraina, Polsha va O‘zbekiston fuqarolari kirgan.
Jinoiy sxema Lotin Amerikasi fuqarolarini — ko‘proq kolumbiyaliklarni — Yevropa Ittifoqidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar orqali Polshada qonuniy ish taklif qilinayotgani bahonasida yollashdan iborat bo‘lgan. Mamlakatga kelganidan so‘ng esa jabrdiydalarga nisbatan zo‘ravonlik, tahdid va yolg‘on va’dalar orqali majburiy mehnat qildirilgan.
Tergovchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, jinoyatchilar 2 mingdan ortiq xorijlikni jalb qilgan bo‘lishi mumkin. Hozircha odam savdosi qurboni bo‘lgan 50 nafar shaxs aniqlangan.
Qochishga urinish va qurol qo‘llanilishi
Qo‘lga olish jarayoni ikki marta qochishga urinish bilan kechgan. Huquq-tartibot xodimlari ta’qibni boshlagan va vaziyat sabab qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Qochayotgan shaxslar avtomobil shinalari o‘qqa tutilgach taslim bo‘lgan. Hodisa davomida hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordam talab qilinmagan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini istisno etmayapti. Shuningdek, yangi hibslar va gumonlanuvchilarga nisbatan ayblovlar kengaytirilishi ehtimoli ham mavjud.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


