Salomatlik

Tanamiz qachondan qarishni boshlaydi? Kutilmagan faktlar

picture
Foto: Natalimed.ru

Loading

Inson organizmining qarish jarayoni 25–28 yoshda boshlanadi. Bu haqda Federal tibbiy-biologik agentlik birinchi o‘rinbosari Tatyana Yakovleva ma’lumotiga tayanib “RBK” nashri xabar berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Tatyana Yakovleva zamonaviy sog‘liqni saqlash konsepsiyasida kasalliklarni davolashdan ko‘ra oldini olish va sog‘liqni boshqarishga urg‘u berayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, uzoq umr ko‘rish uchun nafaqat ilg‘or tibbiy texnologiyalar, balki muntazam tekshiruvlar, ongli hayot tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, mental amaliyotlar va sog‘lom turmush tarzi muhimdir.

Yakovleva korporativ sog‘liqni saqlash dasturlariga qiziqish ortib borayotganini, ish beruvchilar bunday tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi. Hayotni uzaytirish uchun eng samarali usullar ish joyida jismoniy faoliyat, ruhiy salomatlik va stressga qarshi dasturlar, sog‘lom ovqatlanish va tibbiy profilaktikadir. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga 150 daqiqa sport bilan shug‘ullanish o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh pediatri Olga Tkacheva esa qarish sur’ati homiladorlik rejalashtirilayotgan bosqichda belgilanadi va ota-onaning sog‘lig‘i, onaning yoshi hamda homilaning bachadondagi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi, deb taʼkidlaydi.

Gerontolog Olga Tkacheva uzoq umr ko‘rishga yordam beruvchi olti qoida haqida gapirgan. Ularning orasida sog‘lom uyqu, mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik muvozanati, foydali stress va surunkali kasalliklarning oldini olish bor.

Shifokor hayotni uzaytirish uchun ovqatlanish va jismoniy faollik muvozanatini saqlash zarurligini eslatdi. Optimal jismoniy mashqlar sifatida u har kuni kamida 40 daqiqa yugurish yoki tez yurishni tavsiya qildi. Boshqa tomondan, psixoemotsional salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish, ijobiy kayfiyatni saqlash va ish hamda dam olish muvozanatini ta’minlash muhimdir.

Tonusni saqlashda “foydali stress” — ya’ni yoqimli hayajon yordam beradi. Hayotni uzaytiruvchi yana bir omil — yaxshi uyqu, o‘rtacha 6 dan 8 soatgacha davom etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.