Özbekiston

2026-yil dam olish taqvimi: Navro‘z va Ramazon bir kunga to‘g‘ri keladi, 8-mart ham ko‘chiriladi

picture
Foto: Onecalendar.nl

Loading

2026-yil taqvimida ayrim bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi sababli xodimlarni necha kunlik tanaffus kutayotgani aniq bo‘ldi. Eng qiziq jihati — Navro‘z va Ramazon hayiti bir kunda nishonlanishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 21-mart — Navro‘z bayrami haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun shanba, ya’ni dam olish kuniga to‘g‘ri keladi. Agar Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanib 30 kun davom etsa, Ramazon hayiti ham aynan 21-martga to‘g‘ri keladi. Demak, ikki muhim sana bir kunda jamlanadi.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu tartibga muvofiq, 21-mart shanba kuni 23-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

  • 21-mart — bayram;
  • 22-mart — yakshanba;
  • 23-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.
    👉 Jami 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

  • 21-mart — bayram;
  • 22-mart — yakshanba.
    👉 Jami 2 kun dam olish.

Shuningdek, 2026-yilda 8-mart — Xotin-qizlar kuni ham yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Bu holatda ham dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

  • 7-mart — shanba (dam olish);
  • 8-mart — bayram;
  • 9-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.
    👉 Jami 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

  • 8-mart — bayram;
  • 9-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.
    👉 Jami 2 kun dam olish.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrimlar uzoq muddatli dam olish kunlariga o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin, biroq amaldagi qonunchilik aynan shu tartibni belgilaydi. Agar qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritilsa, bu haqda qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Xulosa shuki, 2026-yilda ham bayram va dam olish kunlari ustma-ust kelganda, amaldagi me’yor asosida dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.