O‘zbekiston

O‘zbekiston Shveytsariyadan ham xavfsizroq davlat deb topildi

picture
Foto: Ipak va ziravorlar festivali / Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston xavfsizlik reytingida 23-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston yana bir muhim xalqaro reytingda ijobiy natija qayd etdi. Numbeo portali e’lon qilgan 2026-yilgi xavfsizlik indeksiga ko‘ra, mamlakat dunyoning 150 ta davlati orasida 23-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ham yaxshiroq natija demakdir.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekiston 148 ta davlat ichida 25-pog‘onada qayd etilgan edi. Yangi reytingda mamlakat o‘z o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab, xavfsizlik darajasi bo‘yicha yanada yuqorilaganini ko‘rsatdi. Mazkur indeks veb-sayt foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida shakllantiriladi va aholining shaxsiy xavfsizlik haqidagi subyektiv baholarini aks ettiradi.

Eng xavfsiz davlatlar o‘nligiga BAA, Qatar, Andorra, Tayvan, Makao, Ummon, Men oroli, Gonkong, Armaniston va Bahrayn kiritilgan. Markaziy Osiyo mintaqasida esa Qozog‘iston 76-o‘rinni, Qirg‘iziston 101-o‘rinni egallagan. Tojikiston va Turkmaniston bu safar reytingga kiritilmagan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qator Yevropa va G‘arb davlatlaridan yuqoriroq o‘rinni band etgan. Xususan, Chexiya 25, Finlyandiya 26, Shveysariya 27, Avstriya 28-o‘rinda qayd etilgan. Germaniya 52, Italiya 85, AQSH esa 94-pog‘onani egallagan.

Shuningdek, reytingda Isroil 35-o‘rin, Rossiya 51-o‘rin, Ukraina 82-o‘rin va Eron 100-o‘rinda joylashgan. Dunyoning eng xavfli davlatlari qatorida esa Afg‘oniston, Gaiti, Venesuela va oxirgi o‘rinni egallagan Papua Yangi Gvineya ko‘rsatilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday reytinglar mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlik, jinoyatchilik darajasi va fuqarolarning o‘zini xavfsiz his qilish omillarini aks ettiradi. O‘zbekistonning yuqori o‘rinni egallashi esa hududdagi nisbiy osoyishtalik va jamoat tartibining mustahkamligini ko‘rsatadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.