Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (01.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 1-mart, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugungi kuningiz har jihatdan yoqimli kechadi. Hatto, pul masalasida ham ko‘zlangan summani qo‘lingizga ola bilasiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kechqurun oilalilar jufti bilan yanada muloyimroq munosabat yuritishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Muhabbat bobida mustaqil bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Kimningdir fikri bilan sevib yoki sevilib bo‘lmaydi-ku!

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Hali o‘zingiz yaxshilab tanishmagan, yangi ishlarga shoshma-shosharlik bilan qo‘l urib qo‘ymang. Natijasi ko‘nglingizdagidek kechmasligi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)

Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizning qarshingizda gunohga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Unga bilib-bilmay tuhmat qilib qo‘yishingiz mumkin.

Parizod (24.08 — 23.09)

Ko‘ngilchanlik qilib barcha majburiyatlarni o‘z zimmangizga olib o‘tirmang. Moliyaviy masalada oqimga qarshi suza ko‘rmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechadi. Demak, yaqinlaringiz uchun yoqimli xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun har bir tashlangan qadamdan, sodir bo‘ladigan voqea-hodisadan ko‘nglingiz to‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun dangasalikka yo‘l qo‘ysangiz, qo‘shimcha pullarsiz qolib ketishingiz muqarrarligini unutmang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy hamda moliyaviy masalaga oid ishlarni tartibga keltirib oling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Har bir bajaradigan ishingiz foydali kechadi. Har bir olgan nafasingiz tanangizni yayratadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

O‘z sohangizda juda aqlli va uddaburonsiz. Shunday ekan, yangi g‘oyalar o‘ylab toping. Busiz taraqqiyotni davom ettirib bo‘lmaydi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.