O‘zbekiston

Jazo o‘tayotgan ayollarga oliy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

pic
Foto: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Loading

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Endilikda ular oliy ta’lim muassasalariga kirish va masofaviy ta’lim shaklida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu haqda kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan bayram tadbirida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarning aksariyati o‘rta ma’lumotga ega bo‘lib, ularning ko‘pchiligi kasb-hunarga ega emas. Shu bilan birga ayrim mahkumalar oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu sababli bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yangi hayot” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida ular 3–6 oy davomida turli kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitilib, tegishli sertifikatga ega bo‘ladi.

Oliy ta’lim muassasasiga kirish istagida bo‘lgan ayollar esa jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida kirish imtihonlarini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar ular kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsa, o‘qish uchun foizsiz ssuda ajratiladi.

Mazkur mablag‘ni ular jazoni o‘tab bo‘lgach va ishga joylashgandan keyin qaytarishi belgilangan. Ushbu tashabbus jazoni o‘tab chiqqan ayollarning jamiyatga qayta moslashishi, kasb egallashi va hayotini yangidan boshlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.