O‘zbekiston

Yil boshidan buyon 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

pic
Foto: IIV

Loading

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda 6025 ta maxsus operatsiya amalga oshirilib, 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida turli turdagi jinoyatlar fosh etildi. Jumladan, 116 ta tovlamachilik, 315 ta noqonuniy qurol bilan bog‘liq holat, 86 ta qimorxona tashkil etish, 40 ta odam savdosi, shuningdek OIV infeksiyasini tarqatish va fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 790 ta jinoyat aniqlangan. Qidiruvda bo‘lgan 533 nafar shaxs ushlanib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Ikki oy davomida jami 3150 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shu bilan birga 2934 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 980 nafarga nisbatan esa qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar ham alohida nazoratga olingan. Ushbu yo‘nalishda 315 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tezkor tadbirlar natijasida 4570 ta sovuq qurol musodara qilindi. Ular orasida 50 ta bita, 72 ta kastet, 4004 ta o‘tkir tig‘li jism hamda 444 ta boshqa turdagi qurollar bor.

Bundan tashqari, daliliy ashyo sifatida 5814 dona o‘q-dori va 3 kilogramm 715 gramm portlovchi moddalar ham olib qo‘yildi. Internet makonida ham nazorat kuchaytirilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, yoshlar orasida jinoyat olami g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi 47 ta akkaunt bloklandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz kurash olib borilayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida jinoiy to‘dalar faoliyatiga qat’iy barham berilishini ta’kidlab, “jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz”, deya qayd etgan edi.

Kelgusida ham aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirlar yanada kuchaytirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.