Salomatlik
Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida
Agar dahan qismida doimiy ravishda og‘riqli, katta va qattiq husnbuzarlar paydo bo‘lsa, bu aknelarning chiqishiga ko‘pincha gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. To‘g‘ri parvarish qilishni bilish vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Daryo maqolasida shular haqida so‘z boradi.
Jag‘dagi akne haqida
Jag‘ yog‘ bezlari ko‘p joylashgan hududdir. Bu yerda teri teshiklari to‘lib qolish va yallig‘lanish yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Follikulalarda terining o‘lik hujayralari va yog‘ to‘planib qolganda, muvozanat buziladi va oqibatda husnbuzar paydo bo‘ladi.
Aknening bir necha turi bor.
- Zamburug‘li — follikulalarda xamirturushsimon zamburug‘ miqdorining ortishi sababli yuzaga keladigan qichishuvchi va yallig‘langan toshmalar.
- Kistoz akne — chuqur joylashgan, og‘riqli tugunlar bo‘lib, ular chuqur chandiq qoldirishi mumkin.
- Gormonal — stress, hayz sikli yoki ayrim dorilar ta’sirida teri yog‘i miqdorining ortishi tufayli paydo bo‘ladigan oddiy oq husnbuzarlar.
- Sharsimon — ustki yuzadagi husnbuzar va chuqur tugunlarning uyg‘unlashuvi bo‘lib, bunday holatda shifokor ko‘rigi zarur bo‘ladi.
Jag‘ sohasida husnbuzarlarning paydo bo‘lish sabablari
Bunday toshmalar paydo bo‘lishiga asosiy sabab gormonlar hisoblanadi. Ayollar ko‘pincha bu muammoga hayz sikli davrida duch keladi: gormonlar teri yog‘i (sebum) ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, bu esa bakteriyalar ko‘payishi va teshikchalar (poralar) yig‘ilib qolishi uchun ideal muhit yaratadi.
Ammo tashqi omillar ham mavjud:
- jag‘ni tez-tez ushlash,
- qo‘lga suyangan holda o‘tirish,
- niqob taqish,
- teriga mos kelmaydigan yoki allergiya keltirib chiqaradigan kosmetik vositalardan foydalanish.
Dahan sohasidagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin?
1. Salitsil kislota va benzoilperoksid
Ushbu ikki vosita husnbuzarga qarshi eng ishonchli vositalardir. Salitsil kislota poralarni chuqur tozalaydi va yallig‘lanishni kamaytiradi, benzoilperoksid esa akne sababchisi bo‘lgan bakteriyalarni yo‘q qiladi. Ammo darhol natija kutmang, 2–4 hafta vaqt o‘tgach samarasini ko‘rasiz.
2. Qo‘llaringizni yuzingizga tekkizmang
“Bir marta tegib qo‘ysam, hech narsa bo‘lmaydi” deb o‘ylashingiz mumkin, ammo kun davomida qo‘llaringizda qancha bakteriya borligini unutmang. Jag‘ni doimiy qo‘l bilan teginish bakteriyalarni osongina yuqtirishga olib keladi. Agar bu odatdan qutulish qiyin bo‘lsa, yoningizda antibakterial gel tursin.
3. Telefoningizni muntazam tozalab turing
Smartfon turli bakteriyalar to‘planadigan joydir. Har safar uni yuzingizga yoki jag‘ingizga tekkizganingda, bu “bakteriyalar to‘dasi” teringizga o‘tadi. Tarkibida spirt bor salfetkalar yoki ekran uchun sprey bunda yordam beradi.
4. Terini tozalashni unutmang
Terini tozalash o‘lik teri hujayralarini olib tashlashga yordam beradi. Buning uchun yengil kislotalar (retinoidlar, AHA, BHA) yoki skrabdan foydalanishingiz mumkin. Ammo, har kuni bu mahsulotlardan foydalanmang, haftada 3–5 marta yetarli. Shu tariqa teringiz yangilangan va tekis bo‘lib, himoya qatlami zarar ko‘rmaydi.
5. Ratsioningizni qayta ko‘rib chiqing
Ba’zan terida husnbuzarlarning paydo bo‘lishiga ratsioningiz sabab bo‘ladi. Ba’zi odamlar uchun sut mahsulotlari, shirinliklar yoki fastfud yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkin. Biror mahsulotni 3 hafta davomida ratsiondan chiqarib, teringizning holatini kuzating. Agar yaxshilanish sezilsa u mahsulotni ratsiondan chiqaring. Keyin esa uni to‘liq chiqarib tashlash yoki miqdorini kamaytirish haqida qaror qilishingiz mumkin.
6. LED terapiya
Ko‘k LED nuri yallig‘lanishga qarshi kurashdagi go‘zallik bo‘yicha yordamchingizdir. U terining yuqori qatlamlariga kirib borib, akne chaqiruvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi, qizil nur esa yallig‘lanishni kamaytiradi va bezovtalangan terini tinchlantiradi. Eng katta afzalligi — uy sharoitida foydalaniladigan LED maskalar va qo‘lbola qurilmalar arzon narxda bo‘lib, murakkab amallarni talab qilmaydi. Undan kuniga atigi 5–10 daqiqa foydalanish yetarli. Bunday yondashuv nafaqat mavjud toshmalarga qarshi kurashadi, balki yangi akne paydo bo‘lishining oldini olishga ham yordam beradi.
7. Yumshoq cho‘tkalardan foydalaning
Toza va silliq terining siri — faqat to‘g‘ri mahsulotlarni tanlashda emas, balki ularni qanday qo‘llashda hamdir. Titroq funksiyasiga ega yumshoq cho‘tkalar teri teshikchalarini oddiy yuvishga qaraganda chuqurroq tozalaydi. Ularning mikro-massaj harakati nafaqat yog‘ va kirni olib tashlaydi, balki limfa tizimini ham faollashtiradi. Bu esa ortiqcha suyuqlik va toksinlarning to‘planishining oldini olib, qon aylanishini yaxshilaydi hamda terining sog‘lom va yorqin ko‘rinishiga hissa qo‘shadi.
8. Muzni yordam vositasi sifatida ishlating
Agar iyagingizda og‘riqli husnbuzar chiqqan bo‘lsa, uni darhol ushlashga shoshilmang. Uni muz bilan bosing. Toza matoga o‘ralgan muz shishni tezda kamaytirishga, og‘riqni yengillashtirishga va qizarishni kamroq sezilarli qilishga yordam beradi. Eng optimal vaqt — 3–5 daqiqa, kuchli bosmasdan, shunchaki bosib turing va terining sovishiga imkon bering. Bunday usul muhim uchrashuv oldidan yuzingizni tezda tartibga keltirish uchun foydalidir.
9. Kosmetikangizni ko‘zdan kechiring
Uyquga yotishdan oldin butun makiyajni, shu jumladan, kiprik ildizlaridagi tus va qalam qoldiqlarini ham tozalang. Cho‘tkalar va gubkalarni haftasiga kamida bir marta yuvish kerak, aks holda siz har kuni teriga yangi bakteriyalarni surtayotgan bo‘lasiz. Yaxshi tonal krem esa qalin bo‘lishi shart emas. Yengil tuzilishga ega, parvarishlovchi komponentli vositalar nafaqat yashiradi, balki terining tiklanishiga ham yordam beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


