Buxoro yangiliklari
Buxoroda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan “domla” qo‘lga olindi
Buxoro viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy saboq berib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, asli surxondaryolik bo‘lgan, 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro Buxoro shahrida ijarada yashab kelayotgan xonadonida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, yashirincha «hujra» tashkil qilgan. U qonunga xilof ravishda voyaga yetmagan bolalarga diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib kelgan.
Ushbu “xizmati” evaziga u ota-onalardan har bir bola uchun oyiga:
- 100 AQSh dollari (yoki 1 mln so‘m) miqdorida moddiy mablag‘ olib turgan.
Tadbir davomida mazkur xonadonda 7 nafar voyaga yetmagan bola saqlab kelinayotgani aniqlandi. Ulardan 2 nafari Buxoro viloyatidan, 5 nafari esa Surxondaryo viloyatidan olib kelingan. Bolalar maktabdagi dunyoviy ta’limdan uzilgan holda, sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda yashab kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:
- Gumonlanuvchiga nisbatan: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229 prim 2-moddasi, 2-qismi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
- Ota-onalarga nisbatan: O‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan hamda ularning dunyoviy ta’lim olishiga to‘sqinlik qilgan ota-onalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan tegishli jazo choralari ko‘rilmoqda.
“Farzandlarimizning munosib ta’lim-tarbiya olishi bevosita ota-onaning diqqat-e’tibori va mas’uliyatiga bog‘liq. Noqonuniy ta’lim o‘choqlari yoshlarning kelajagiga jiddiy xavf tug‘diradi”.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


