O‘zbekiston
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya arizalari qabuli boshlandi
16-martdan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlariga subsidiya olish uchun arizalar qabul qilina boshladi. Bu imkoniyat uy-joy sotib olishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan muhim moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Arizalar kecha, 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab Davlat xizmatlari markazlari, MyGov mobil ilovasi hamda my.gov.uz portali orqali qabul qilinmoqda. Subsidiya olish uchun ariza topshirgan fuqaro ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, uning kredit tarixi dasturda ishtirok etayotgan tijorat banklarining ichki talablariga mos bo‘lishi lozim.
Yana bir muhim shart — ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, talabgorning o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi talab etiladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin? (Asosiy talablar)
Uy-joy yo‘qligi: Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida shaxsiy turar joy mavjud bo‘lmasligi shart.
Daromad chegarasi (oylik o‘rtacha):
Viloyatlarda: 3,4 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha.
Toshkent shahrida: 3,4 mln so‘mdan 11,6 mln so‘mgacha. (Bu daromadga yaqin qarindoshlarning daromadini ham qo‘shish mumkin).
Ariza topshirish jarayonida esa OneID tizimi orqali tijorat banklariga kredit tarixini tekshirish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi zarur.
2026-yil uchun davlat dasturiga ko‘ra, 30 ming nafar fuqaro ipoteka subsidiyasi bilan ta’minlanadi. Ushbu subsidiya ipoteka kreditining boshlang‘ich badali hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi. Mazkur maqsadlar uchun 2,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu dastur uy-joy sotib olish imkoniyatini kengaytirish, ayniqsa o‘rta daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
Ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklari:
1. “Agrobank” ATB
2. “Aloqabank” ATB
3. “Asakabank” AJ
4. “Asia Alliance Bank” ATB
5. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
6. “Hamkorbank” ATB
7. “Ipak yoʻli” AITB
8. “Ipotekabank” OTP Group
9. “Mikrokreditbank” ATB
10. “Orient Finans” XATB
11. “Trastbank” XAB
12. “Turonbank” ATB
13. “Xalq banki” ATB
14. “Oʻzmilliybank” AJ
15. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


