Buxoro yangiliklari

Jondor tumanida fuqarolarni $4000 ga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan firibgar er-xotin ushlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro viloyatida fuqarolarning muqaddas ziyoratga bo‘lgan ishonchidan foydalanib, ularni chuv tushirmoqchi bo‘lgan er-xotin qo‘lga olindi.

So‘nggi paytlarda Umra ziyoratini tashkil etish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda. Navbatdagi shunday holat Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jondor tumanida yashovchi shaxs va uning turmush o‘rtog‘i o‘zganing mulkini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida jinoiy reja tuzishgan. Ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, fuqarolarga Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilishgan.

Firibgarlar 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning har biridan 1 025 AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu er-xotin fuqarolardan jami 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Maxsus ultrabinafsha nurlar ostida tekshirilganda, gumonlanuvchilarning qo‘llarida va olingan pullarda maxsus kukun izlari borligi tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ularning boshqa shu kabi jinoiy qilmishlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik va mablag‘ingizni yo‘qotmaslik uchun faqat qonuniy asosda faoliyat yurituvchi va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.