O‘zbekiston
Buxoroda TV muharrirlari, operatorlar, montajchilar, blogerlar, jurnalistlar va matbuot kotiblari uchun maxsus trening o‘tkaziladi
O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar uchun “Media haftalik” loyihasi boshlanadi
O‘zbekistonda jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini birlashtiruvchi keng ko‘lamli “Media haftalik” loyihasi start oldi. Bu haqda Kontent markazi ma’lum qildi.
Loyiha zamonaviy media makonidagi keskin o‘zgarishlar — ijtimoiy tarmoqlar rivoji, sun’iy intellekt texnologiyalari va feyk xabarlar oqimi kuchayib borayotgan bir paytda soha vakillarining malakasini oshirishni maqsad qilgan. Shu bois tashabbus doirasida mamlakat bo‘ylab 12,5 mingga yaqin ishtirokchi qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Treninglar qanday o‘tkaziladi?
“Media haftalik” doirasida 30-martdan 26-iyungacha barcha hududlarda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi. Dastur nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshiradi:
- kontent yaratish,
- faktcheking,
- raqamli gigiyena,
- SMM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi),
- strategik kommunikatsiyalar.
Mashg‘ulotlarda tajribali media ekspertlar, muharrirlar va prodyuserlar o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadi. Treninglar esa telejurnalistlar, bosma nashrlar vakillari, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda olib boriladi.
Shuningdek, treningda birinchi Prezident Islom Karimovning matbuot kotibi sifatida ishlagan, bloger, tarjimon, sobiq diplomat, filologiya fanlari doktori, DSc, “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Beruniy Alimov va boshqa o‘z sohasining yetuk mutaxassislari trening o‘tkazishi belgilangan.
Dastur yakunida kurslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
Hududlar kesimidagi jadval
Loyiha quyidagi tartibda bosqichma-bosqich o‘tkaziladi:
- 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- 6–10-aprel: Xorazm viloyati
- 13–17-aprel: Surxondaryo viloyati
- 20–24-aprel: Qashqadaryo viloyati
- 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyati
- 4–8-may: Navoiy viloyati
- 11–15-may: Buxoro viloyati
- 18–22-may: Farg‘ona viloyati
- 25–29-may: Namangan viloyati
- 1–5-iyun: Andijon viloyati
- 8–12-iyun: Jizzax viloyati
- 15–19-iyun: Sirdaryo viloyati
- 22–26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahri
Loyihaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘istonda boshlanadi.
Loyiha yakuni va ahamiyati
Har bir hududda treninglar yakunida yirik Media forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirokchilar real media keyslar ustida ishlash, xatolarni tahlil qilish va zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur loyiha O‘zbekistonda media sohasi vakillarining kasbiy darajasini oshirish, axborot makonida ishonchli va sifatli kontent ulushini ko‘paytirish hamda sohada yangi standartlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Loyihada qatnashish istagida bo‘lganlar viloyat hokimligi Axborot xizmati bo‘limiga va Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


