Islom
Musibat kelishidan oldin gunohlaringdan qo‘rq!
Ey birodar, shunday hadis borki, u to‘rt kalimadan iborat. Bu hadis har bir mo‘min musulmonga dasturilamal bo‘lishi kerak.
Banda faqatgina gunohidan qo‘rqsin! Dunyoda kuchlilar, zolimlar bor. Yomon kasalliklar bor. Buzg‘unchilar bor. Musibatlarning son – sanog‘i yo‘q. Zararkunandalar behisob. Hotirjamlikni buzadigan holatlar juda ko‘p.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarga nasihat qilib aytadilarki: “Bularning birortasidan qo‘rqma! Bularning bari Allohning qo‘lida. Faqatgina gunohingdan qo‘rq”.
Bu yomonliklarni senga olib keladigan narsa — gunohlaringdir!
Banda faqatgina gunohidan qo‘rqsin! Dunyoda kuchlilar, tajovuzkorlar bor. Zolimlar, shavqatsizlar bor. Yirtqich hayvonlar bor. Bir chaqishi o‘ldiradigan hasharotlar bor.
Yomonlikning turlari juda ko‘p. Zararkunandalar behisob. Faqatgina gunohingdan qo‘rq! Bir muammoga duch kelsang, faqat Robbingdan najot ista! Allohga qasam ichib aytamanki, bu sanoqli kalimalar mo‘minning dasturiamali bo‘lishi kerak. Bu hadisni xonangdagi ko‘rinadigan joyga ilib qo‘y!
Banda faqatgina gunohidan qo‘rqsin! Bunda faqatgina Robbisidan najot istasin! Bu hikmatni, bu gapni, bu hadisni hayotinga tatbiq qilgin! Shu bilan baxtli bo‘lgin! Hech narsadan qo‘rqma! Gunoh qilib qo‘yishdan qo‘rq! Chunki shu gunoh senga yomonliklarni olib keladi. To‘g‘ri, sen vahshiy, shavqatsiz, yirtqich hayvonlar oldida turibsan. Lekin u mehribon, hakim, odil Zotning jilovi bilan bog‘langan. Seni muomalang hayvonlar bilan emas. Balki sen bu hayvonlarning Moliki bilan muomala qilasan. Agar Molikni rozi qilsang, U hayvonlarni sendan uzoqlashtiradi.
Agar bandalari haqqida xato qilsang, shularning biriga senga zarar berishiga imkon berib qo‘yadi. Yirtqichlar… Zolimlar… Allohning qamchisidir. Qamchi yegan odam — qamchidan xafa bo‘ladimi, yoki uning egasidanmi? Agar qamchidan xafa bo‘lsa, demak u ahmoq! Bu zararkunandalar faqatgina Allohning izni bilan harakatlanadi. Muhimi, Robbing bilan muomalangni go‘zal qilgin!
Senga musibat olib keladigan narsa — bu gunohlaring.
Banda faqatgina gunohidan qo‘rqsin! Banda faqatgina Robbisidan najot istasin! Qiyinchilik paytida faqat Yagona Allohga bog‘lan!
Ey, Robbim o‘zing shifo berasan! Sen nusrat beruvchisan! Sen rizq berasan! Sen aziz qilasan! Faqat sen!
Musibat kelishidan oldin gunohlaringdan qo‘rq!
Banda faqatgina gunohidan qo‘rqsin! Banda faqatgina Robbisidan najot istasin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


