Mashhurlar
Shahzoda Matchonova kinoga qachon qaytishi haqidagi savolga javob berdi
“Aprel—may”, “Isnod”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Berlin—Oqqo‘rg‘on, “Qalbim o‘g‘risi” va boshqa ko‘plab filmlardagi yorqin ijrosi bilan tanilgan aktrisa Shahzoda Matchonova muxlislarning uning ijodga qachon qaytishi haqidagi bir nechta savollarga javob berdi. Daryo maqolasi shu haqida.
Aktrisa o‘zining Instagram sahifasida nima uchun so‘nggi yillarda ijod qilishdan to‘xtab qolgani haqidagi turli fikrlarga quyidagicha izoh berdi:
“Menga keladigan juda ko‘p savollar aynan kino haqida: barcha qachon ekranlarga qaytishim, nima uchun yo‘q bo‘lib qolganimni so‘rab yozadi. Meni sog‘inganlarga katta rahmat, sizning xatlaringiz meni doim quvontiradi. Men ham barchangizni, premyeralarni sog‘inganman. Xudo xohlasa kinoga qaytish niyatim bor, faqat aynan qachon ijodni boshlashim noma’lum”, dedi Shahzoda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keladigan turli salbiy izohlar va negativlarga qanday munosabatdasiz?
“Menga nisbatan deyarli hech qanday salbiy izohni ko‘rmaganman, chunki internetda unchalik faol emasman. Agar doimo Instagram’da ko‘ringanimda edi, negativlar ham paydo bo‘lgan bo‘lardi. Aslida men atrofdagilarning fikri bilan yashamayman, ularning izohlariga ahamiyat bermayman”, dedi aktrisa.

Erkak kishidan yaxshi sovg‘a olish uchun nimalar qilish kerak?
“Shunchaki juftingizni chin qalbdan seving. Ammo o‘zingizni hammadan ortiq seving. O‘zingizga bo‘lgan mehr va hurmat har bir amalingizda namoyon bo‘ladi. Qanday hayot kechirishingiz, o‘zingizni qanday tutishingiz va ‘men’ingizga nimani ravo ko‘rishingiz — bularning barini erkak kishi tahlil qiladi. O‘zini hurmat qilgan ayolni haqiqiy erkak xursand qilgisi keladi.
Ammo ba’zida xasis erlarni ham uchratib turamiz. Bunday holatda siz o‘zingiz o‘zingizni mehmon qiling, sovg‘alar oling va shu tariqa sizga qanday munosabat qilishlari lozimligini ko‘rsatib bering. Asosiysi, biror narsani istasangiz, buni imo-ishoralar bilan emas, balki so‘zlar bilan ochiq aytishga odatlaning”, deya javob berdi aktrisa.

Ma’lumot o‘rnida, mahoratli aktrisa Shahzoda Matchonova 1987-yilning 8-avgust sanasida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. U oilada uch nafar farzandning o‘rtanchasi bo‘lgan, ya’ni uning akasi va ukasi bor. Aktrisa san’atkorlar oilasida voyaga yetgan, uning bobosi O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Boshqirdiston xalq artisti Bayram Matchonov hisoblanadi. Bo‘lajak aktrisa o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirgan. U aktrisa bo‘lish haqida umuman o‘ylamagan.

Oradan vaqt o‘tib Shahzoda Matchonova “O‘zbekfilm” direktori nazariga tushadi va shundan keyin u aktrisaga bir filmda suratga tushish uchun sinovdan o‘tishi haqida aytadi. Aktrisa bunga rozi bo‘ladi va borib sinovdan o‘tishga harakat qiladi, biroq undan o‘ta olmagan aktrisa universitetdagi o‘qishini davom ettiradi. Ko‘p o‘tmay rejissyor Zebo Navro‘zova uning suratlarining ko‘rib, kastingga taklif qiladi. Shundan so‘ng u kastingdan o‘tadi va 2007-yilda xonanda Shohruxxon ishtirokidagi “Aprel—may” filmida ilk rolini ijro etadi. Ilk filmdagi rolidan keyin tomoshabinlarning e’tiboriga tushgan aktrisaga ko‘plab rejissyorlar tomonidan taklif berila boshlaydi. Shundan u keyin bir qator filmlarda suratga tushadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


