Salomatlik
Kasal bo‘lmang: buyraklarga zarar yetkazadigan 7 ta odat
Buyrak zo‘riqishi nafaqat uning faoliyati buzilishi, balki yurak xuruji va insultga ham olib kelishi mumkin. Siz-u biz e’tibor bermaydigan kundalik odatlar salomatlik uchun muhim bo‘lgan a’zoning zararlanishiga olib keladi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish
Konserogen hisoblanuvchi sosiska, kolbasa va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari buyrak faoliyati uchun ham xavfli hisoblanadi. Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari tuz bilan to‘yingani sababli uning iste’molidan keyin buyrak avvalgidan ham ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi, bunda kalsiy ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, bu esa buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qon bosimining ko‘tarilishi
Qon bosimining ko‘tarilishi butun organizm, xususan, buyraklar uchun ham xavfli sanaladi. Gipertoniya buyraklarni qon bilan ta’minlovchi tomirlar, shuningdek, buyrakning o‘zini ham zararlashi mumkin. Shu sababdan qon bosimini hamisha nazorat qilib turish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Chekish
2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 16 yil yoki undan ko‘p vaqt chekmasa, buyrak saratoni xavfi 40 foizga kamayishi aniqlangan. Chekish, shuningdek, qon tomirlariga zarar yetkazishi va qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Kam miqdorda suv ichish
Kuniga ikki litr suv ichishning hojati yo‘q, bir yarim litr suyuqlikning o‘zi ham kifoya qilishi mumkin, lekin undan kami jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Kerakli miqdorda suyuqlik iste’mol qilinmaganda organizmda natriyni parchalash va qon bosimini me’yorda bo‘lishini nazorat qilish uchun suv yetishmaydi. Shu bois suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini ko‘p iste’mol qilish
Yallig‘lanishga qarshi, ayniqsa, tarkibida aspirin va ibuprofen bo‘lgan dori vositalari, buyrakka qon quyilishini kamaytiradi va buning oqibatida buyrakda chandiq paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sabab ushbu preparatlarni faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilish, buyrakda muammo bo‘lsa bunday medikamentlardan voz kechish kerak.
Xalq tabobati bilan davolanish
O‘simliklar bilan o‘zini o‘zi davolash dori vositalari qabul qilish singari xavfli bo‘lishi mumkin. Aksar o‘simlik va o‘tlarda organizm, xususan, buyrakni zararlashi va faoliyati yomonlashishiga sabab bo‘ladigan moddalar bo‘lishi mumkin. Shu sabab ulardan foydalanishdan avval shifokor yoki farmatsevtika xodimi bilan maslahatlashishni unutmang.
Haddan tashqari sho‘r taomlarni iste’mol qilish
Ko‘p tuzli ovqat iste’mol qilish buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuz tarkibidagi natriy organizmda suyuqlikni ushlab qoladi va bu buyraklarga ortiqcha yuklama tushishiga sabab bo‘ladi. Natijada qon bosimi oshib, buyrak tomirlariga zarar yetishi mumkin. Uzoq muddat davomida ortiqcha tuz iste’moli buyrak yetishmovchiligi xavfini ham kuchaytiradi. Shuningdek, bu holat siydik orqali chiqishi kerak bo‘lgan zararli moddalar to‘planib qolishiga olib keladi. Buyraklar sog‘lom ishlashi uchun kundalik tuz miqdorini me’yorida saqlash muhimdir. To‘g‘ri ovqatlanish orqali buyrak kasalliklarining oldini olish mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


