Islom
Shukr qilmaymizmi?
Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsak, dunyodagi 330 million insondan baxtliroqmiz. Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsak, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekanmiz. Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsak, dunyodagi 500 million insondan baxtliroqmiz. Muzlatgich va javonlarimizda oziq-ovqat, egnimizda kiyimimiz va tunda uxlash uchun uyimiz bo‘lsa, bu olamdagi 3 milliard insonlar bizga havas qiladi. Cho‘ntagimizda yoki hisobimizda pulimiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insonlardan birimiz. Bugungi kunda siz namoz o‘qib turibsizmi, dunyodagi 4 milliard iymonsizdan biri emasmiz. Ota-onamiz, zavjalarimiz va farzandlarimiz yonimizda, oilamiz ahil va tinch bo‘lsa, biz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o‘z o‘rnimizga egamiz.
Shunday ekan shukr qilmaymizmi?! Albatta bularning bariga shukr qiling Alloh taolo shokir bandasini sevadi.
“Agar shukur qilsangiz (va iymon keltirsangiz) U sizlar uchun rozi bo‘lur” (Zumar surasi, 7-oyat).
Alloh taolo biz bandalarini O‘zining behissob ne’matlaridan bahramand qilgan ekan, U o‘z navbatida ana shu ne’matlarining shukrini ado etib borishimizga buyuradi. Robbimizning bergan har bir ne’matini katta-kichchik demasdan ularning barchasiga shukur qilishlik biz bandalarning zimmamizdagi burchimizdir. Albatta, Alloh taolo ham ana shunda bizlardan rozi bo‘ladi, insha Alloh.
Allohga hamdu sano aytib, Uning ne’matlarini shukrini ado etish banda uchun ham ibodat va Allohning unga bergan katta mukofotidir. Alloh taolo bandaga kattami, kichchikmi bir ne’mat bersa va banda uning shukronasi uchun «Allohga hamd bo‘lsin» desa, shunda u o‘sha ne’matdan ham afzalroq narsaga erishgan bo‘ladi.
Bu sinovli kunlarda bir-birimiz bilan bahamjihad, mehr-oqibatli bo‘lib, sihat-salomatligimizni qadriga yetib yaratganga shukur qilishimiz lozim. Bir hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ta’kidlaganlaridek:
“Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik odamlar uning qadriga yetmaydilar. U sihat- salomatlik va xotirjamlikdur” ( Imom Buxoriy, Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
Darhaqiqat, Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lib, toat-ibodatda bardavom bo‘lmoq oxirat obodligiga sabab bo‘lsa, ne’matning shukrini ado etib, kufrona ne’matdan saqlanish ikki dunyo obodligiga sababdir.
Zero Alloh taolo “Yana Robbingiz e’lon qilgan ( bu so‘zlar) ni eslangiz: Qasamki, agar ( bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta,( ularni yanada) ziyoda qilurman”, – deb va’da bergan (Ibrohim surasi, 7-oyat).
Allohning va’dasi haqdir! Alloh taolo yurtimizni tinch, hayotimizni farovon, turli samoviy, aroziy ofatlardan omonda aylab, barchalarimizni O‘zining rushdu hidoyatida sobitqadam qilgan holda O‘zining shukr qiluvchi bandalaridan aylasin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


