O‘zbekiston

Tibbiyot — og‘ir ahvolda – prezident

photo 202

Loading

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha o‘tgan yil noyabr oyida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

O‘tgan yili noyabr oyida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, kasalliklarning oldini olish va patronaj xizmati ko‘rsatish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish bo‘yicha Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilingan edi.Bugungi videoselektorda ana shu vazifalar ijrosi bo‘yicha soha va hudud rahbarlari hisoboti eshitilmoqda.

Bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masala juda jiddiy. Biz bundan to‘rt yil avval mamlakatda tinchlik va sog‘liqni saqlashni islohotlarning eng muhim bo‘g‘ini etib belgilagan edik. Shu maqsadda o‘tgan davrda juda katta ishlar qilindi, oxirgi qabul qilingan farmon va qarorlar ham tizimni tubdan isloh qilishga qaratilgandi. Bugun sohaga mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari B. Musayev, sog‘liqni saqlash vaziri va quyi bo‘g‘indagi barcha mutasaddilar nima ishlar qilinganini hisobotini berishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tanqidiy-tahlil ruhida o‘tayotgan yig‘ilishda tibbiyotdagi ahvol juda og‘ir ekani, soha bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar bajarilmasdan qog‘ozda qolib ketayotgani ta’kidlandi.

Bu tizimdagi ahvol qanday ekanini yaqqol ko‘rsatadi, –dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda so‘zga chiquvchi rahbarlar uchta masala bo‘yicha: joriy etilgan yangi tizim asosida tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bo‘lingani nimani ko‘rsatganini, ikkinchi – mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlash qanday ahvoldaligi va bundan nechta fuqaro minnatdor bo‘lganini, uchinchi masala – tibbiyot muassasalarida qaysi xizmat pulli, qaysi bepul bo‘lganini javobini aytishi kerakligi aytildi.

Prezident ko‘pchilik rahbarlar bu vazifalarni to‘liq tushunib yetmayotganini, o‘tgan 6 oyda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olinganini qayd etdi.

Bugun ham, masalani ichiga kirmagan, dunyoqarashi o‘zgarmagan, ushbu savollarga javob bera olmagan soha va hudud rahbarlari ishdan olinadi.

Boshlangan islohotlarni jadallashtirish, tibbiyotdagi o‘zgarishlarni aholi ko‘proq va tezroq sezishi uchun barcha mutasaddilar aprel oyida va yil yakuni bo‘yicha nima ishlar qilishi bo‘yicha hisobot berishi aytildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.