O‘zbekiston

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni rasmiylashtirish tartibi yengillashtiriladi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Senatining 18-may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi.

Mazkur qonun orqali O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi qonun hamda Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati qisqartiriladi;
  • shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari soddalashtiriladi;
  • fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Senator Erkin Gadoyevning ma’lum qilishicha, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga mulk huquqini rasmiylashtirishda muhim yengilliklar joriy etiladi.

Xususan, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun belgilangan bir martalik to‘lovning 50 foizi 20 kun ichida to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi.

Shuningdek:

  • qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha — ya’ni 12 mln 360 ming so‘mgacha bo‘lsa, bu holat mulk huquqini olishga to‘sqinlik qilmaydi;
  • mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va jamoatchilikka e’lon qilish muddati 150 kundan 50 kungacha qisqartiriladi.

Senatorlar ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarishlar jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini rasmiylashtirishdagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni tan olish haqidagi qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil avgust oyida imzolangan bo‘lib, 2024-yil noyabridan kuchga kirgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.