Islom
Islomda qarz berish va olish haqida nima deyilgan?
Islom dinida sadaqa berishdan ko‘ra qarz berishning savobi ko‘proqdir. Zero, sadaqa va ehsonlar ixtiyoriy ravishda muhtoj hamda nomuhtoj kishilarga berilishi mumkin. Ammo qarz faqat muhtoj kishilargagina beriladi.
“Uzish niyati bilan qarz olgan kishining qarzini Alloh uzadi. Qaytarmaslik niyati bilan qarz olgan kishining boyligini Alloh barbod etadi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Qarz olish og‘ir yuk ekani haqida Luqmoni Hakim: “Toshni ko‘tarib ko‘rdim, temirni ko‘tarib ko‘rdim, ammo qarzdek og‘ir yukni ko‘rmadim”, deb aytgan ekan.
Agar kishi qarzini o‘tashga qiynalsa va buni qarz bergan kishi bilib, unga yana qo‘shimcha imkoniyat bersa yoki qarzidan kechsa, albatta, oxiratda ajrsiz qolmaydi. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi:
“Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kuting! Agar bilsangizlar, bergan qarzingizni sadaqa qilib yuborishingiz o‘zingiz uchun yaxshiroqdir” (Baqara surasi, 280-oyat).
Imom Tabaroniy Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissalotu vassalam:
“Kimki o‘zining soyasidan boshqa soya bo‘lmagan kunda Alloh uni O‘z soyasiga olishini xohlasa, nochorga yengillik tug‘dirsin yoki undan kechib yuborsin”, deganlar.
Musulmonlik odobi, agar qarzdor nochor bo‘lsa, qarz beruvchini sabr qilishga, qarzdorni qiyin-qistovga olmaslikka, u o‘zini o‘nglab olguncha kutib turishga chaqiradi.
“Kimki qiyomat kunining qiyinchiliklaridan Alloh najot bersin desa, qarz olib, qaytarishga qiynalib turgan qarzdorga to‘lash muddatini uzaytirib qo‘ysin yoki butunlay qarzidan kechib yuborsin” (Imom Muslim rivoyati).
Inson hayoti hamisha bir yo‘sinda kechmaydi. Ba’zan to‘kin-sochin, gohida esa yetishmovchilik kunlari ham bo‘ladi. Ana shunday damlarda zarurat yuzasidan qarz so‘rashga to‘g‘ri keladi. Qarz olayotganda “to‘g‘ri kelsa uzaman, to‘g‘ri kelmasa qarz turar”, deb emas, balki albatta qarzni uzish niyatida bo‘lish lozim. Chunki ado etilmagan qarz inson hayotidan fayz-u barakaning ko‘tarilishiga, odamlarning unga nisbatan ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


