O‘zbekiston
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya uch kunlik tashrif bilan Moskvada bo‘ldi.
Safar davomida RF prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov, prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham muloqotlar ham bo‘lib o‘tgan.
Sherzod Asadovning aytishicha, uchrashuvlarda muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.
“Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi”, – dedi Asadov.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


