Texnologiyalar
AQSh cheklovni bekor qildi: Fable 5 va Mythos 5 SI-modellari bilan ishlashga ruxsat beriladi
AQSh hukumati kuchli sun’iy intellekt modellariga nisbatan joriy etilgan xavfsizlik cheklovlarini bekor qilganidan so‘ng, Anthropic kompaniyasi Claude Fable 5 va Claude Mythos 5 modellariga global kirishni bosqichma-bosqich qayta tiklashini ma’lum qildi.
Kompaniya seshanba kuni e’lon qilgan bayonotida yaqin kunlarda o‘zining eng ilg‘or sun’iy intellekt modellaridan foydalanish imkoniyati yana tiklanishini bildirdi.
Anthropic X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday yozdi:
“AQSh Savdo vazirligi Claude Fable 5 va Mythos 5 modellariga nisbatan eksport nazoratini bekor qilgani haqida rasmiy xabarnoma oldik. Ertadan boshlab ularga kirishni qayta tiklash jarayonini boshlaymiz.”
Cheklov nima sababdan joriy etilgandi?
Oy boshida AQSh hukumati milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni sabab qilib, ushbu modellar faoliyatini vaqtincha cheklagandi.
Bundan atigi to‘rt kun avval Anthropic AQSh rasmiylaridan Mythos 5 modelidan mamlakatdagi kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi cheklangan miqdordagi kompaniyalar foydalanishi uchun ruxsat olganini ma’lum qilgan edi.
12-iyun kuni esa AQSh hukumati shoshilinch tartibda Anthropic’ga kompaniyaning ikkita ilg‘or modeli ishlashini to‘xtatishni buyurgan. Bunga modellarni suiiste’mol qilishning oldini olishga mo‘ljallangan himoya tizimlarida aniqlangan zaifliklar sabab bo‘lgan.
Hukumat kompaniya ko‘rilgan choralarni yetarli deb baholadi
Amerika OAV tanishgan rasmiy hujjatga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Anthropic AQSh hukumati bilan yaqin hamkorlikda Claude Mythos 5 va Claude Fable 5 bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirgan, degan xulosaga kelgan. Shu bois cheklovlar hozircha bekor qilingan.
Sem Altman: Hozirgi tartib ideal emas
Mazkur voqea AQSh hukumati ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari rivojini tobora qat’iyroq nazorat qilayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Anthropic singari uning asosiy raqobatchisi OpenAI ham AQSh hukumatining tavsiyalariga amal qilib, yangi GPT-5.6 modelini dastlab faqat tasdiqlangan hamkorlar doirasida taqdim etishga qaror qilgan.
OpenAI bosh direktori Sem Altman esa amaldagi tartibga ehtiyotkorona munosabat bildirib, X ijtimoiy tarmog‘ida GPT-5.6 taqdimoti munosabati bilan e’lon qilgan postida shunday yozdi:
“Baribir bu biz eng maqbul deb hisoblaydigan jarayon emas.”
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


