Buxoro yangiliklari
Shofirkonda U-14 voleybol bo‘yicha viloyat kubogi g‘oliblari aniqlandi
Shofirkon tumanidagi “Revgar” sport majmuasida U-14 yosh toifasidagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida voleybolni yanada ommalashtirish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslarda Buxoro viloyatining turli hududlaridan kelgan yosh voleybolchilar o‘z mahoratini namoyish etdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra, Kogon tumani jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Shofirkon tumani jamoasi 2-o‘rin, Buxoro shahri jamoasi esa 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Shofirkon tumani jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qorako‘l tumani jamoasi 2-o‘rinni, Jondor tumani jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


