Buxoro yangiliklari

Buxoro texnikumlarida talab yuqori kasblar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etildi

cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatidagi texnikumlarda aholi uchun mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda xorijiy tillar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Kurslarda tikuvchilik, kompyuter grafikasi, payvandlash, elektromontyorlik, sartaroshlik, massaj, avtomobil sohasi, santexnika va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash mumkin. Shuningdek, tinglovchilarga xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyati ham yaratilgan.

Qisqa muddatli kurslarda o‘qish istagidagi fuqarolar yashash hududiga yaqin texnikumga bevosita murojaat qilib, mavjud kasb va xorijiy til yo‘nalishlari, o‘qish muddati hamda qabul shartlari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar kasb yoki xorijiy til o‘rganish uchun vaucher tizimi orqali ham o‘qishga jalb etilishi mumkin.

Texnikumlarda tashkil etilgan kurslar fuqarolarga o‘ziga mos kasbni tanlash, amaliy ko‘nikma egallash va mehnat bozoridagi yangi imkoniyatlardan foydalanishga ko‘maklashadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.