Buxoro yangiliklari
“Buxoro” 0:2 hisobidan kambek qilib, “Andijon”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi
![]()
Superliganing 23-turida “Buxoro” jamoasi “Andijon”ga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda borayotib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Buxoro” professional futbol klubi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
9-oktabr kuni o‘tkazilgan bahsda hisobni 11-daqiqada “Andijon” futbolchisi Martin Boakye ochdi. Uchrashuvning 73-daqiqasida Bekzod Sulaymanov raqibning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi — 0:2.

“Buxoro” futbolchilari o‘yin oxirida vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Nika Kachavara 81-daqiqada gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi — 1:2.

84-daqiqada Asilbek Qayumov hisobni tenglashtirdi — 2:2. Hal qiluvchi golni Sherzod Esanov asosiy vaqtga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada, ya’ni 90+5-daqiqada kiritdi. Shu tariqa “Buxoro” uchrashuvni 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi.




Uchrashuvdan fotosuratlar: “Buxoro” professional futbol klubi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


