Buxoro yangiliklari

Dam olish kuni BDU rektori “Muruvvat-erkaklar internat uyi”ga tashrif buyurdi

photo 03 60

Loading

Kecha, 18-aprel kuni BDU rektori Obid Hamidov yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A. Kadirov, Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani H. Artikova, dekan o‘rinbosarlari, bir qator professor-o’qituvchilar va faol talabalar hamrohligida Qorako’ldagi nogironligi bo’lgan shaxslar uchun “Muruvvat-erkaklar internat uyi”ga tashrif buyurishdi, – deya xabar bermoqda universitet Axborot xizmati.

Mehmonlar internat uyining shart-sharoitlari, oshxona va dam olish xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek universitet rektori muruvvat uyining istiqomatchilari bilan suhbatlashdi.

Internatga universitet tomonidan antiseptik vositalar, kir yuvish sovunlari, kir yuvish kukunlari xayriya qilindi, jamoa esa ezgu niyat bilan tashrif buyurgan mehmonlarga o’z minnatdorliklarini bildirdilar.  

[metaslider id=2553 cssclass=»»]

Ma’lumot uchun, muruvvat uyi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo’lib, bu yerda aqlan zaif erkaklarning salomatligini tiklashga qaratilgan tibbiy muolajalar amalga oshiriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.