Buxoro yangiliklari
Şofirkondagi fermer xöjaligi qoramollar sonini 100 boşga yetkazişni rejalaştirmoqda
Şofirkon tumanidagi “Nurafşon çorva mahsulotlari” fermer xöjaligida 20 sotix maydonda çorvaçilik majmuasi barpo etilmoqda. Hozir 40 boşdan ortiq qoramol parvarişlanayotgan xöjalikda yaqin oylarda ularning sonini 100 boşga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Agrar tarmoqda 20 yillik tajribaga ega fermer xöjaligi ayni paytda 30 gektar yerda dehqonçilik qilmoqda. Joriy yilda 13 gektarda paxta yetiştirilgan bölsa, 10 gektar ğalla maydonidan qariyb 65 tonna hosil olingan. Xöjalik faoliyati önga yaqin oilaning moddiy manfaatdorligiga hissa qöşmoqda.

Axtam Farmonov rahbarlik qilayotgan xöjalikda dehqonçilik bilan bir qatorda çorvaçilik ham rivojlantirilmoqda. Sut va göşt yönalişidagi naslli qoramollar sonini oşiriş maqsadida 7 gektarda makkajöxori, ötbeda, tariq va arpa kabi ozuqabop ekinlar yetiştirilmoqda.

Fermerning aytişiça, xöjalik avvalgi yillarda ham paxta va buğdoydan yuqori hosil olgan. U bu boradagi tajribasi hamda çorvaçilikni rivojlantiriş rejasi haqida şunday dedi:

“Ötgan yillarda Çiğilbak qişloğida 36–40 gektargaça yerda paxtadan 45 sentnerdan oşirib hosil kötargan bölsak, sönggi yillarda xorijiy navga mansub Xitoy çigitini ekib, yuqori hosildorlikka erişmoqdamiz. Dastlabki yillardan xöjaligimizda sara buğdoy yetiştirib, gektaridan olinadigan hosilni 80 sentnerga yetkazganmiz. Tovuq parvarişiga ham jiddiy e’tibor qaratib, xonadonimiz uçun daromad manbaini yaratganmiz. Endilikda biz kabi fermerlarga yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli qoramol boqişni rivojlantirişga ahd qildik”, — deydi Axtam Farmonov.

Yangi çorvaçilik majmuasi uçun xöjalik dalasi çetidan 20 sotix yer ajratilgan. Qoramollar sonini köpaytiriş uçun fermer “Xalq banki”ning tuman filiali bilan hamkorlikda 1 milliard söm kredit mablağini rasmiylaştirib olgan.

Xöjalikning yaqin oylardagi rejalaridan biri — zotdor qoramollar orasida kamida 40 boş sigir parvarişlab, sut yetiştirişni köpaytiriş. Istiqbolda sutni qayta işlaş sexini taşkil etiş ham közda tutilgan.

Şuningdek, bördoqiga mol boqib, aholi dasturxoni uçun sifatli göşt yetiştiriş rejalaştirilmoqda. Dehqonçilik va çorvaçilikni uyğun rivojlantiriş, qöşimça tarmoqlarni yölga qöyiş hamda yangi texnologiyalarni joriy etiş orqali mehnat jamoasining daromadini oşirişga e’tibor qaratilmoqda.
Hokimlik ma’lumotiga köra, mazkur loyihalar qöşimça iş örinlari yaratiş, iqtisodiy ösişga erişiş, mehnat jamoasining turmuş farovonligini yuksaltiriş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


