Buxoro yangiliklari

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qaytadan ishga tushdi

photo 221

Loading

Avval xabar qilinganidek, 2021-yilning 5-aprelidan 15-apreligacha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari olib borildi. 2021-yilning-17 aprelidan boshlab esa zavod barcha texnologik qurilmalarni ishlab chiqarish tartibiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni boshladi.

Ta’mirlash ishlari davomida mutaxassislar “Atmosfera bosimi ostida neft va gaz kondensatini haydash”, “Umumiy naftani gidro tozalash” va “Katalitik reforming” texnologik qurilmalarini ta’mirlashdi.

Joriy ta’mirlash ishlariga atmosfera bosimi ostida haydash qurilmasidagi texnologik pechning reaksion va konvektiv quvurlarini gidromexanik tozalashni zamonaviy usullarda amalga oshiruvchi Rossiyaning “XimMontajNaladka” (Perm) kompaniyasi jalb qilindi.

Bundan tashqari, “Umumiy naftani gidro tozalash” texnologik qurilmasida mavjud eski turdagi katalizatorni Fransiyaning “Axens” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan asosiy katalizatori “HR-608” bo‘lgan yangi turdagi katalitik tizimga almashtirildi.

Zavodni joriy ta’mirlash davrida respublika iste’molchilariga neft mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi va neft’ mahsulotlari zaxirasi yaratildi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.