Mashhurlar
Luiza Rasulova eri borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
U bu masala konsertdan keyin hal boʻlganini aytdi.
Aktrisa Luiza Rasulova o‘zining Instagram sahifasidagi jonli efir paytida eri borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, atrofidagi ilmi kuchli odamlar bilan maslahatlashib, bu masalani hal qilib boʻlgan. Aktrisa shunchaki unga berilgan vazifani bajarganini aytdi. Shuningdek, Luiza Rasulova haqiqatdan ham bu narsani bilmaganini taʼkidladi.
“Boshqa bu narsa haqida toʻxtalmayman. Domla aytganini qabul qildik. Bizning oilada, yana atrofimizda ilmi kuchli insonlar koʻp. Aytgan gaplari qisman toʻgʻri. Haqiqatdan ham, bunday boʻlishi mumkin. ʻDinda hazil yoʻqʼ degan narsani biz ham qabul qilib, buning yechimini topib, bu masalani hal qilib boʻlganmiz. Gapirib chiqilgan paytdayoq, 2 kun oʻtib bu narsa hal boʻlib boʻlgan. Men uni shaxsan tanimayman. Bu hal boʻlganini u biladimi, bilmaydimi men bilmayman. Bu narsa menga qiziq ham emas. Shunchaki, menga berilgan vazifani, rolni oʻynab berishga majburman. Bu mening ishim. Oʻzi aslida, Davron Kabulovning oʻzi bilan maslahatlashib, toʻgʻri keladigan qilib olib chiqish kerak edi. Ayb kimdadir deyotganim yoʻq. Haqiqatdan ham biz bilmaganmiz”, — deydi aktrisa.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi