Mashhurlar
Sitora Farmonovadan Munisa Rizayevagacha: yoshi 30 dan oshgan boʻlsa ham turmush qurmagan shou-biznes vakillari
Quyida ular haqida maʼlumot beriladi.
Oʻzbek shou-biznesining shunday vakillari borki, ular sanʼatdan baxtini topgan boʻlsa ham shaxsiy hayotda oʻz baxtini topmagan. Ularning orasida yoshi oʻttizdan oshgan ammo oila qurmagan shou-biznes vakillari ham bor.
Manzura
Oʻzining jozibador ovozi bilan muxlislar qalbini zabt eta olgan xonanda Manzuraning yoshi 43 ga yetgan boʻlsa ham hali turmush qurmagan. Datlabki faoliyatini aktrisalik va xonandalikdan boshlagan ijodkor shu vaqtga qadar oʻzining 50 ga yaqin videoklipini muxlislariga havola etgan. Hozir xonanda hijob oʻragani sababli zamonaviy estrada yoʻnalishini tark etgan.
Sitora Farmonova
Oʻzbek kino olamidagi latofatli aktrisalardan biri Sitora Farmonovaning yoshi 37 dan oshgan boʻlsa ham hali turmush qurmagan. Aktrisa shu vaqtga qadar 30 yaqin kinofilmda va koʻplab seriallarda rol ijro etgan. Shaxsiy hayoti bilan bogʻliq yangiliklarni muxlislari bilan boʻlishadigan aktrisa koʻplab davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Munisa Rizayeva
Oʻzbek shou-biznesining yorqin yulduzlaridan biri Munisa Rizayeva 35 yoshda boʻlsa-da hali tumrushga chiqmagan. Dastlabki faoliyatini aktrisalikdan boshlagan xonanda bir qancha oʻzbek kinofilmlarida rol ijro etgan. Munisa Rizayeva shu vaqtga qadar 60 ga yaqin musiqiy ijrolarini muxlislariga taqdim etdi.
Sugʻdiyona Azimova
Oʻzbek kino sanʼatida oʻz oʻrniga ega boʻlgan aktrisalardan biri Sugʻdiyona Azimova 34 yoshga kirgan biroq hali turmushga chiqmagan. U aktrisalikdan tashqari stilistlikda ham faoliyat yuritadi. Sugʻdiyona Azimova shu vaqtga qadar 30 yaqin kinofilmda rol ijro etgan. Uning ishtirokidagi “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Amiran” va boshqa kinofilmlar muxlislar qalbidan joy egallagan.
Yulduz Rajabova
Taniqli aktrisa Yulduz Rajabova 1989-yilda tavvalud topgan. Hozir 32 yosh boʻlgan isteʼdodli aktrisa 20 dan ortiq kinofilmda va seriallarda rol ijro etgan. U oʻzbek kinokompaniyalaridan tashqari chet el kinokompaniyalari bilan ham hamkorlikda ish olib boradi. Aktrisa hozirda “Milliy” telekanalidagi koʻrsatuvlarga boshlovchi va “Diydor” teatrining mahoratli aktrisalaridan biri hamdir.
Iroda Nosirova
Mashhur suxandon, teleboshlovchi va aktrisa Iroda Nosirova 40 yoshdan oshgan boʻlsa ham hali turmushga chiqmagan. Iroda Nosirova ishtirokidagi “Janob hech kim”, “Omad”, “Yigʻlamagin” kabi kinofilmlar uni boshlovchi emas balki aktrisa sifatida xalqqa tanitgan. Ijodkor hozirda “Zoʻr TV” telekanalida boshlovchi boʻlib faoliyat yuritadi. Iroda Nosirova uni va kasbini tushunadigan insonga turmushga chiqishni orzu qilishi haqida aytib oʻtgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi