Mashhurlar

Internetda Rayhonning qiyofadoshi paydo boʻldi

photo 310

Loading

“Rayhonmisiz degan savolni koʻp berishgan”, — deydi xonandaning qiyofadoshi.

Fargʻonalik Muhabbat Oripova xonanda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhonga tashqi koʻrinishi jihatidan juda oʻxshaydi.

U koʻp bora ʻRayhonmisiz?ʻ, deb soʻrashganini aytdi. Shuningdek, Muhabbat Oripova uni xonandaga oʻxshatib paparatsi qilib suratga olishganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Rayhonga oʻxshashini xonandaning Qoʻqondagi konsertida payqab qolgan.

“Rayhonmisiz degan savolni koʻp berishgan. Baʼzilar savol bermay zimdan kuzatish, paparatsi qilib suratga olish holatlari ham koʻp boʻladi. Ilk marta Rayhonga oʻxshashligimni Rayhonning Qoʻqondagi konsertida bilganman. Havo sovuqligi uchun Rayhon muxlislari bilan koʻrisholmagan. Shunda bitta muxlis meni koʻrsatib ʻMana Rayhonʻ degan va hamma kelib men bilan rasmga tushgan. Bunday holatlar koʻp marta boʻlgan”, — deydi Muhabbat Oripova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rayhon qachon konsert berishini maʼlum qilgandi. Shuningdek, u Yigitalining sobiq xotini bilan uchrashib qolgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Rayhon oila aʼzolari soni yana bittaga koʻpayganini aytgandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.