Islom
“Ular mutlaqo jirkanch odamlar”. Abror Muxtor Aliy parodist Rustamxoʻjaning gaplariga munosabat bildirdi
U domlalar janozaga borish uchun pul soʻramasligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tashkil etilgan “Qurʼon tajvidini oʻrgatish” boʻlimi mudiri oʻrinbosari Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) Rustamxoʻja Usmonovning domlalar pul olishi haqidagi gapiga munosabat bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Rustamxoʻjaga oʻxshagan odamlar pul uchun hamma narsaga tayyor. Domla parodistni oʻzida razillik boʻlgani uchun boshqalarni shunday deb oʻylashini taʼkidladi.
“3 kundan beri hamma mening fikrimni bilmoqchi. Uning kimligini avval aytganman. Ular insoniyligini sotib boʻlgan, pul uchun hamma narsaga tayyor odamlar. U domlalarga osilib, janozaga pul bermasa oʻqimaydi deb tuhmat qilyapti. Bizning imomlarimizdan kimdir 500 dollar bersang, toʻyga boraman deb aytganini qayerda, kim menga guvohman deb aytib bera oladi? Imom domlalar borib xizmatini qiladi. Bersa olaveradi lekin mana buncha deb stavka qoʻygan imom yoʻq. Kimdir stavka qoʻygan boʻlsa u imom emas. Stavkani shunga oʻxshash parazitlar qoʻyadi. Toʻyga borishdan avval ʻMening narxim shuʼ deydi. Oʻzi rostdan ham narxi shu boʻladi. Bu haqida gapirsam ogʻzimni chayqagim keladi, bu bilan bitta karidordan yurib, uyga borib gʻusul qilganman. Ichki ishlarga mening ustimdan shikoyat qilibdi. Majburligimdan bordim. Bir qancha tanigan tanimagan odamlar jimgina yoʻq qilib yuboraylikmi deyapti. Mendan fatvo soʻramang, bizda samasud yoʻq. Lekin ularning razloti maʼlum. Ular mutlaqo jirkanch odamlar. Ularning mavzusi bilan masjidni ham iflos qilmasligimiz kerak. Agar tavba qilmasa, ular jirkanch holatida qoladi. Imomlarni shunday deyaptimi demak, oʻsha razillik unda bor” — deydi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abror Muxtor Aliy Luiza Rasulovaning eri borligini va uning kimligini aytgandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi