Buxoro yangiliklari
Buxoroda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ishlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi №110-qaroriga asosan, Buxoro viloyatidagi 25 ta madaniy meros obyektlarida restavrasiya va konservatsiya ishlarini olib borish belgilangan.
Bugungi kunda, viloyatdagi 8 ta madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlar boshlangan bo‘lib, Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazining malakali usta-restavratorlari tomonidan restavrasiya, konservasiya, ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 2- va 3-avgust kunlari Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari boshlangan Buxoro shahridagi “Ark” majmuasi, “Abdullaxon”, “Abdulazizxon”, “Amir Olimxon” madrasalari, “Masjidi Kalon”, “Xo‘ja Kalon” masjidlari, “To‘raqulboy uyi” madaniy meros obyektlarida hamda Jondor tumanidagi “Qizbibi” majmuasida amalga oshirilayotgan asrashga doir ishlar bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.
Shuningdek, restavrasiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan 12 ta madaniy meros obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishish jarayonida hamda 5 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish ishlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda boshqarma Matbuot xizmati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi