Texnologiyalar

«O‘zbekiston» smartfoni

photo 14

Loading

«O‘zbektelekom»ga tegishli kompaniya Navoiyda smartfon ishlab chiqarmoqda.

Navoiydagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan «Telecom Devices PRO» MChJ tomonidan «O‘zbekiston» smartfonlari ishlab chiqarilmoqda.

Mutaxassis Zarnigor Jumanova loyihasi asosida yaratilgan 64 gigabayt xotira quvvatiga ega ushbu smartfonlar milliylik nuqtai nazaridan ichki bozorga mo‘ljallab tayyorlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

«O‘zbekiston» milliy smartfonlari o‘ziga xos milliy dizayn va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, uning dasturiy ta’minoti o‘zbekona tusga egaligi bilan ahamiyatlidir. Mobil aloqa vositasiga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti asarlari, klassik va zamonaviy o‘zbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, 100dan ortiq o‘zbek kuy va qo‘shiqlari , shuningdek, yurtimizning eng diqqatga sazovor go‘shalari tasviri tushirilgan foto-albomlar yuklangan», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, «Hukumat» dasturi ham kiritilgan bo‘lib, dasturga barcha vazirliklar, to‘rt hokimiyat tizimi ishonch telefonlari joylashtirilgan. Telefon raqamlar o‘zgarishi bilan bog‘liq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritish xususiyatiga ham ega.

– Ayniqsa, telefon panelining markaziy qismiga O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilishi o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Shu bilan birga mahsulot milliy brend ekanligini hisobga olib, telefonlarni maxsus sovg‘abop qutilarga joyladik. Boshlanishiga 3000 dona «O‘zbekiston» smartfonlari ishlab chiqargan bo‘lsak, ayni paytda mahsulotimizning 50 foizdan ko‘prog‘i sotildi. Bundan tashqari, bolalar telefon qo‘l soatlari, CDMA 450 standartidagi statsionar telefonlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya boshlaganmiz. O‘z o‘rnida chiqarayotgan mahsulotlarimizdagi xatolar ustida ham ishlab, texnologiyasini mukammallashtirish borasida izlanishlarni davom ettiryapmiz, – deydi «Telecom Devices PRO» MChJ rahbari Nodir Rahimov.

Elektron kooperatsiya portali ma’lumotiga ko‘ra, ushbu smartfon ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 million 499 ming so‘m qiymatda taklif etilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ochiq ma’lumotiga ko‘ra, «Telecom Devices PRO» MChJning ustav fonddagi barcha ulush «O‘zbektelekom» AKga tegishli hisoblanadi.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.