28.07.2021
    -
  • -
  • -
  • -
  • -
  • -
photo 15

 133 

Telegram messenjeri Android va iOS platformalaridagi ilovasining yangi – 7.3 talqinini taqdim etdi.

Ovozli chat

Yangi versiyadagi eng asosiy yangilik – istalgan guruhda ovozli chat tashkil etish imkoni tug‘ilgan. Ya’ni guruhlarda messenjer foydalanuvchilari audiokonferensaloqa shaklida real vaqt rejimida suhbatlashishlari mumkin.

Hayratlanarlisi, har bir ovozli chatda bir necha ming ishtirokchi qatnasha oladi. Audiokonferensiyada necha kishi bir vaqtning o‘zida gapira olishini belgilab qo‘yish imkoniyati bor.

https://platform.twitter.com/embed/index.html?dnt=false&embedId=twitter-widget-0&frame=false&hideCard=false&hideThread=false&id=1341676702083248128&lang=en&origin=https%3A%2F%2Fkun.uz%2Fuz%2Fnews%2F2020%2F12%2F23%2Ftelegramda-ovozli-chat-tashkil-etish-imkoniyati-paydo-boldi&theme=light&widgetsVersion=ed20a2b%3A1601588405575&width=550px

Jo‘natilgan xabarlarni tahrirlash qulaylashdi

Telegram’da yuborilgan suratni ko‘rish rejimida qalamcha tugmasi paydo bo‘ldi. Uni bosgan holda, jo‘natilgan rasmga qayta ishlov berib (qalamda chizish, rang effektini qo‘shish, stiker yopishtirish), rasmni tahrirlash mumkin.

Xabarni tahrirlash vaqtida yana nechta belgidan keyin limit to‘lishini ko‘rsatuvchi indikator qo‘shildi.

Ovozli smayllar

Animatsiyali emodzilarning ayrimlari endi nafaqat «qimirlaydi», balki emodziga mos tovush ham chiqaradi.

«Qimirlaydigan» smayllar soni ham oshgan.

Yangi versiyada shuningdek interfeys bilan bog‘liq boshqa kichik o‘zgarishlar ham o‘rin olgan.

Ilovani Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning avgust oyida Telegram videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirgan edi.

Manba

Fikr bildirish

• • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •