Buxoro yangiliklari

Buxorolik 35 yoshli go‘zallik saloni xodimi o‘smir qiz hayotiga suiqasd qildi

photo 1226

Loading

Buxoro shahrida 2020-yilning 16-noyabr kuni 13 yoshli qizning boshiga bolg‘a bilan urib, xonadondan taqinchoq hamda pul o‘g‘irlagan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 16-noyabr kuni soat 18:10 da Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali navbatchi shifokori qo‘ng‘iroq qilgan. Unda shaharning Murtazoyev ko‘chasida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan 5-sinf o‘quvchisi F. M. ismli qiz bosh sohasidan tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan F. M. o‘z uyida yolg‘iz bo‘lgan vaqtda u istiqomat qilib kelayotgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida ishlovchi 1985-yilda tug‘ilgan Buxoro tuman Tor-Tor mahallasida yashovchi ayol M. Sh. uyda voyaga yetmagan qizning yolg‘izligi va ota-onasining chiqib ketganligi fursatidan foydalangan holda xonadonga kirgan. Shundan so‘ng voyaga yetmagan F. M.ning bosh qismiga yonida o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola usulda tayyorlangan temir bolg‘a bilan urib, uning yuziga yostiq bilan bosib bo‘g‘gan.

Shundan so‘ng F. M. hushidan ketganidan so‘ng uni o‘ldi deb o‘ylab, xonadondan 12 xil turdagi ayollar tilla va kumush taqinchoqlari, 100 dollar va 6 million 250 ming so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan hamda gumon qilinuvchidan o‘g‘irlangan taqinchoq va pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

photo 21

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M. Sh. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qotillikka suiqasd) 2-qismi «i» bandi va 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinuvchi M. Sh. qamoqqa olingan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Yangiqo‘rg‘onda ayol yer talashib, o‘zi va 2 nafar farzandini suvga tashlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Izboskanda tanishini pichoqlagan 18 yoshli yigit qamoqqa olingan.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.