Buxoro yangiliklari
Shofirkonlik ayol uyiga nega xorijliklar tashrif buyurmoqda?
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida xorijiy sayyohlar va mahalliy aholida katta qiziqish uygʻotayotgan «uy-muzey» borligini bilarmidingiz?
Yurtimizda turizm yo’nalishidagi oilaviy tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan kashtadoʻz, «Hunarmand» uyushmasi aʼzosi Muhabbat Qoʻchqorovaning oʻz uyida tashkil qilgan «Uy muzeyi» xorijlik sayyohlarning eʼtiboriga hamda aholining eʼtirofiga sazovor boʻlib kelmoqda.
Kashtachilik sohasida 20 yildan ortiq faoliyat olib borayotgan hunarmand uy-muzey tashkil qilish orqali milliy hunarmandchiligimizning kashtachilik sohasini, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash hamda uni rivojlantirish, hunarmandchiligimiz durdonalarini butun dunyoga namoyish etishni niyat qilgan.
U kashtadoʻzlikka qiziqqan mahalla yoshlariga hunar sirlarini oʻrgatib, ishsiz ayollarni ish bilan taʼminlab kelmoqda.
Faoliyati mobaynida “Yulduz”, ”Charxpalak”, “Shaxmat”, “Chamangul”, “Tovus”, “Bahor” kabi milliy uslubda tikilgan soʻzanalari chet elda oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmalarda (Fransiya, Koreya, AQSh) namoyish etilgan.
Jumladan, 2014- va 2015-yillarda AQSh ning Santa-Fe shahrida oʻtkazib kelinayotgan xalqaro hunarmandlar festivalining gʻolibi sifatida eʼtirof etilib, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Hozirda kashtadoʻzning ijodiy ishlari UNESCO koʻrgazmasi galereyasidan munosib joy olib kelmoqda.
Kashtachilikning eng sara namunalari uning uy-muzeyidan joy olgan.
Bu kabi hunarmandchilikka yo’naltirilgan uy-muzeylar xorijlik sayyohlarga manzur kelmoqda, chunki bu yerda ular milliy hunarmandchilik sirlariga guvoh va o’z mahoratlarini sinab ko’rishlari ham mumkin bo’lmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi