Mashhurlar

Shohruhxon kikboksing bo‘yicha Jahon chempioni Muhammadali Toshturgʻunovni jangga chaqirdi (–mi?) – video

photo 496

Loading

Xonanda, aktyor Shohruhxon kikboksing boʻyicha Jahon chempioni, aktyor Muhammadali Toshturgʻunovni jangga chaqirdi.

Ular sport zallarining birida uchrashgan. Shohruhxon Muhammadali Toshturgʻunovni “buzib tashlash”ini aytgan. Sportchi esa unga “Hammasini vaqt koʻrsatadi”, deb javob qaytargan. Video ostidagi izohlarda xonandaning kuzatuvchilari uni qoʻllab-quvvatlagan. Biroq baʼzilar Shohruhxonning kuchiga shubha qilgan. Izoh yozganlardan biri bu piar ekanini taʼkidlab oʻtgan.

“Yaqinda shu bolani ʻbuzib tashlaymanʻ, koʻrasiz”, — deydi aktyor.

Avvalroq Shohruhxon nima sababdan ukalari oʻzi kabi mashhurmasligini aytgandi. Shohruhxon butun umrini sanʼatga bagʻishlagan. Aktyor ukalari uchun esa sanʼat shunchaki mashgʻulot ekanini aydi. Xonanda yarim kuchda ishlangani uchun ularning ijodi shundayligini taʼkidladi. Biroq Shohruhxon ukalarida isteʼdod borligini ham aytib oʻtdi.

Video:

“Men butun umrimni sanʼatga bagʻishlaganman, ularda esa bu shunchaki mashgʻulot. Bu sohada koʻngli boʻlgani uchun yurishadi, lekin yarim kuchda ishlasa qanaqa boʻlsa, shunaqa. Yo u yoqqa, yoki bu yoqqa oʻtib olish kerak. Ularning ijodini yomon deb boʻlmaydi, yaxshi, isteʼdodi bor. Hali yosh, oldinda hayot bor” , — deydi xonanda.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.