Buxoro yangiliklari
Buxoroda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi – foto
Mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarini jalb etish, bu borada ularning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish, nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlashda mahallalar hamda vakolatli muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, maqsadida faol nuroniylar o‘rtasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi ayni damda yoshlar markazida o’tkazilmoqda.
Unda tanlovning tuman (shahar) bosqichlaridan g’olib bo’lgan 13 nafar nuroniylar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, faol nuroniylar o‘rtasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik tanlovining nizomiga muvofiq tanlov har yili 1 marta 3 bochqichda, mahalliy, hududiy va respublika tanlovlari bo‘lib o‘tadi.
Tasdiqlangan nizomga muvofiq, har bir bosqich 3 ta shartdan iborat bo‘lib, shartlarni maxsus tuzilgan komissiya a’zolari 1 shartda 5 ball va qolgan 2 ta shartda maksimum 10 ballgacha tartibida baholab boradi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o’rin Qorovulbozor tumani “Imom Buxoriy” MFY dan Hamrobegim Sharopovaga, 2-o’rin G’ijduvon tumani “Mirakon” MFY dan Fazliddin Islomovga, 3-o’rin Buxoro shahar “Mutal Burxonov” MFY dan Ahila To’rayevalarga nasib etdi.
Hamrobegim Sharopovaga tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi