Islom
Halol luqma – tarbiyaning asosi
Junayd Bog‘dodiy aytadilar: Horis Muhasibiy faqirlikdan qiyinchilikda yashar edilar. Kunlarning birida uyimning oldida o‘tirgan edim. U zot o‘tib qoldilar. Yuzlaridan ochlikdan toliqqanliklari bilinib turardi.
– Amaki, agar uyimizga kirsangiz, taomlanardik, – dedim.
– Shunday qilasanmi? – dedilar.
– Ha, xursand qilgan bo‘lardingiz, – dedim.
Ul zotni amakimning uyiga olib kirishni niyat qildim, chunki amakimning uyi keng, buning ustiga ularning uyida bor taom biznikda yo‘q edi. Turli xil taomlarni u zotning oldiga qo‘ydim. Shayx hazratlari qo‘llarini taomga uzatib, og‘zilariga olib borib, chaynadilar, lekin yuta olmadilar. Shunda o‘rnilaridan turdilar-da, menga hech narsa demasdan chiqib ketdilar. Ertasiga ustozni ko‘rib qolib:
– Ey amaki, kecha uyimizga kirib xursand qilgan edingiz, so‘ng noqulay ahvolga solib, indamay chiqib ketdingiz?!
– Ey bolajonim, haqiqatdan ham kecha qornim o‘ta och edi. Qo‘ygan taomlaringni ishtaha bilan tanovvul qilaman, degandim. Lekin men bilan Allohning o‘rtamizda bir alomat bor: vaqtiki, Alloh rozi bo‘lmaydigan, shubhali taom kelsa, dimog‘imga bilinadi va qabul qilmaydi. Shu holat bo‘lgandi tashqariga chiqib, og‘zimdagini tashlab ketaverdim, – dedilar.
Bu voqeaga Qoshayriy ziyoda qiladilar: Junayd, bugun uyimizga kiring, – dedilar. Ustoz kirganlarida qattiq, siniq nonni oldilariga qo‘ydim. Undan yedilar va agar faqir kishini taomlantirmoqchi bo‘lsang, mana shu holatdagi kabi taomlantir, – dedilar.
Ja’far aytdilar: Horis Muhasibiyning vafotlariga guvoh bo‘ldim. U zot aytadilarki, agar men yaxshi ko‘rgan narsamni ko‘rsam, tabassum qilaman va agar yaxshi ko‘rganimdan boshqa narsani ko‘rsam, yuzimdan bilib olasizlar.
Muhasibiy tabassum qildilar-da, jon topshirdilar (Alloh rahmatiga olsin, maqomlarini ulug‘ qilsin).
Xulosa: Halollik – shariatimizda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Zero, har bir musulmon bajargan solih amallarining qabul bo‘lishi, farzandlarining salohiyati, oilasining farovonligi aynan luqmasining halol, kasbi-korining shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishiga bog‘liqdir. Aksincha, birovning molini botil yo‘l bilan yeyishga – ribo, qimor, poraxo‘rlik, aldamchilik, o‘g‘rilik, tovlamachilik, qarzga olgan narsalarni qaytarib bermaslik va boshqa shu kabi ishlar esa ikki dunyosini barbod qiladi. Alloh bunday oqibatdan barchamizga panoh bersin!
Muallif: Gʻolib Murotov, Romitan tumani «Xokimullomir» jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi