Buxoro yangiliklari

Milliy gvardiya musobaqasi sovrindorlari taqdirlandi

photo 565

Loading

Kuni kecha Buxoro shahridagi “Xumo” sport majmuasida o‘zbek jang san’ati sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi “Assalom tong” musobaqalari bo‘lib o‘tdi, – deya xabar bermoqda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati.

photo 04 105

Chempionatda viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan yuz nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi.

photo 02 190

Musobaqa Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat O‘zbek jang san’ati federasiyasi hamkorligida tashkil etildi. Chempionatni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, yurtiga sodiq, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol farzandlar qilib tarbiyalashdan iborat.

photo 03 138

Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.