Jahon
Malikam, endi qara
Ushbu serialdagi Hayot «Dunyodagi eng go‘zal ayol» deb topildi
Los-Anjelesning Top Beauty World tashkiloti sayyoraning eng chiroyli 100 nafar ayol va erkaklari ro‘yxatini tuzdi.
CNN Turk’ning xabar berishicha, eng go‘zal ayollar orasida ayni vaqtda “Eshigimni qoq” serialida suratga tushayotgan aktrisa Xande Erchel yetakchilik qilgan, deb yozadi “Rus.Turkey.com” sayti.
Ma’lum qilinishicha, 100 talik reyting mashhurlarning yuz tuzilishini baholash (50 foiz), internet so‘rovnomalarni inobatga olgan holda (30 foiz) va xalqaro go‘zallik standartlari (20 foiz) asosida tuzilgan.
Dipika Padukone, model Barbara Palvin uchlikka kiritilgan ro‘yxatda Ercheldan tashqari yana 5 turk aktrisasi ham o‘rin olishga sazovor bo‘lgan.
“Jasur va go‘zal”, “Osiyo” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan, 38 yashar Tuba Buyukustunning ismi 29-o‘rindan, “Choliqushi” seriali yulduzi Faxriye Evjen esa 45-o‘rindan joy egallagan.
“Tong qushi” serialidagi rolidan keyin Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan Demet O‘zdemir 75, “Ijaraga sevgi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish Elchin Sangu 83, shuningdek, ayni vaqtda “Elchining qizi” serialida suratga tushayotgan Neslixan Atagul esa 89-o‘rinni egallagan.
8 nafar turk aktyorlarining nomi o‘rin olgan “Sayyoraning eng chiroyli 100 nafar erkagi” ro‘yxatida, xitoylik aktyor Chjan Chao, koreyalik xonanda Vi-Kim Texen hamda Bollivud yulduzi Shoxruh Xon yetakchilik qilgan.
Ushbu reytingda o‘zbek muxlislariga “Ichkarida” seriali bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Chig‘atoy Ulusoy 17-bo‘lgan bo‘lsa, “Kumush” seriali yulduzi Kivanch Tatlitug 33 pozitsiyani egallagan.
Xandening “Eshigimni qoq” serialidagi hamkasbi Kerem Bursin (38-o‘rin), “Ijaraga Sevgi” serialida Elchin Sangu bilan birga suratga tushgan Barish Arduch (68-o‘rin) va “Janob xato” seriali yulduzi Jan Yaman (89-o‘rin) ismlari ham kiritilgan ro‘yxatdan, shuningdek, Uraz Kaygilaro‘g‘lu, Burak O‘zchivit va Burak Tozkoparan singari aktyorlar ham o‘rin olgan.
[metaslider id=»586″]
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi