Buxoro yangiliklari
“Jayron” pitomnigidagi foto-qopqon yo‘qolib borayotgan ot turlarini tasvirga oldi – video
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigiga o‘rnatilgan foto-qopqon noyob tur bo‘lgan Prjevalskiy otlarini tasvirga oldi.
Ushbu tur O‘zbekiston Respublikasi faunasi uchun xos bo‘lmagan tur hisoblanadi. Xalqaro “Qizil kitob” ga D mezoni bo‘yicha (EN) “Endangered” toifasida, ya’ni “Yo‘q bo‘lib ketayotgan” tur sifatida kiritilgan.
Dastlab Prjevalskiy otlari Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga 1987-yilda Moskva va Sankt-Peterburg hayvonot bog‘laridan 2 bosh olib kelingan bo‘lib, tutqunlikda saqlab ko‘paytirilib, keyinchalik 1992-yilda pitomnik hududiga qo‘yib yuborilgan.
Kuzatuvlarga ko‘ra, pitomnik hududidagi ayni vaqtdagi soni Prjevalskiy otlari 18 boshni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Jayron” pitomnigi Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu yerda kamyob jonivorlar ko‘paytirib kelinmoqda. Pitomnikning faoliyati tufayli jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlari, buxoro tog‘ qo‘ylari, buxoro bug‘ulari va boshqa jonivorlar populyatsiyasi tobora o‘sib bormoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi