Buxoro yangiliklari
Profilaktik hisobda turuvchi buxorolik yoshlar harbiy xizmatga yuborildi (-mi?) – foto
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Harbiy qismda olgan taassurotlarim” mavzusida 10 kunlik vatanparvarlik, madaniy-hordiq va sport tadbirlariga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida (2022-yil 13-yanvar) belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, joriy yilning 19-sentabridan 30-sentabrigacha Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida «Er yigitni-er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi» shiori ostida «Harbiy qismda olgan taassurotlarim» mavzusida 10 kunlik vatanparvarlik, madaniy-hordiq va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda, – deya xabar bermoqda muassasa Matbuot xizmati.
O‘z faoliyatlarini harbiy libos kiyish bilan boshlagan yoshlar uchun harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, jangovar va taktik mashg‘ulotlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini anglab yetishlari uchun turtki vazifasini o‘tashi kerak.
Harbiy qismga yetib kelgan yoshlarga viloyat Yoshlar ittifoqi mas’ullari tomonidan shaxsiy gigiyena vositalari hamda kitoblar taqdim etildi, ular harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni zimdan kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Shundan so‘ng, tushlik tashkil etilib, harbiycha dasturxon bezatildi. Kunning ikkinchi yarmida esa ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik hamda balandlikdan tushish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi