Buxoro yangiliklari

Buxorolik “Jeet Kune Do”chilar respublikada 3-o‘rinda

photo 588

Loading

Joriy yilning 15-sentabridan 18-sentabriga qadar sportning “Jeet Kune Do” turi bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbot xizmati.

photo 02 199

Mazkur kubog musobaqalarida Respublikamizning turli hududlaridan 550 nafarga yaqin kuchli sportchilar tatamida kuch sinashishdi. Shular qatorida buxorolik sportchilarimiz ham munosib ishtirok etib faxrli natijalarni qo’lga kiritishdi. Shuningdek, umumjamoa hisobida Buxoro viloyati faxrli 3-o’rinni egalladi.

photo 03 144

photo 04 109

“Jeet Kune Do” (JKD) o‘zi qanday sport turi?

Hayot – barcha xilma-xilliklar, muayyan tarzdagi cheklovlar, anchagina og‘ir botadigan qattiq, dag‘al hujumlar ko‘rinishida mavjuddur. JKD ni tushunib yetish uchun har qanday ideallar, andaza-qoliplar va usul (stil) larni bir chetga uloqtirish, shuningdek, hatto JKD ideal o‘zi mavjudmi?, – degan savolni ham chetga tashlash lozim bo‘ladi.

Siz uning nomini tilga olmasdan ham vaziyatni kuzatib tura olasizmi? Vaziyatni tilga olib, uni biron sozga aylantirib, unga shakl berasiz. Haqiqatdan ham, bizning aqlimiz shu qadar murakkabki, biror vaziyatni shunchaki kuzatib turishning o‘zi qiyin. Birovni mahoratga, ustalikka o‘rgatish oson, biroq odamni o‘z-o‘zicha, mustaqil tafakkur yuritishiga, erkin munosabatda bo‘lishga o‘rgatish juda-juda qiyin.

JKD shaklsizlikni maqul ko‘radi, zero u har qanday shaklga kirishi munkun. JKD o‘zini biron bir uslubiga ega emas va ayni paytda, har qanday uslublarga to‘g‘ri kelaveradi. Natijada JKD barcha mumkin bo‘lgan yo‘llardan foydalana oladi va ayni paytda ularning birontasi bilan bog‘liq emas, boz ustiga, uning maqsadlariga xizmat qila oladigan barcha amallar (texnikalar), vositalarida foydalanaveradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.