Buxoro yangiliklari
Buxoroda “Xalqaro avtomobilsiz kun” ga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi
Salomatlik – tuman boylik. Inson tani sog‘, ruhi tetik bo‘lsagina, ko‘p ishlarga qodir bo‘ladi. Shu bois ham yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sport, sog‘lom turmush tarzi jismoniy va ma’naviy salomatlikning asosi ekanligi muntazam targ‘ib qilinadi.
Bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularning doirasida muayyan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Darhaqiqat, butun dunyoda 22-sentabr – “Xalqaro avtomobilsiz kun” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan mamlakatimizda ham tumanlar va shaharlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlari o‘tkazildi.
Bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanish orqali inson ham o‘z salomatligiga yordam beradi, ham ekologiya musaffoligiga hissa qo‘shadi. Butun dunyoda ushbu sananing belgilanishi ham bejiz emas.
Jumladan, “Xalqaro avtomobilsiz kun” ga bag‘ishlangan o‘ziga xos aksiya Buxoroda ham o‘tkazildi. Ushbu tadbirga viloyatimizning turli tumanlarida 1000 ga yaqin ko‘ngilli aholi faol ishtrok etishdi.
Quyida mazkur kunga bag‘ishlangan aksiyadan fotojarayonlarni taqdim etamiz:
Jondor tumani:
Kogon tumani:
Olot tumani:
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi