Buxoro yangiliklari

Buxorolik bokschilar “Tojikiston Prezidenti kubogi” da 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

photo 625

Loading

Joriy yilning yilning 23-sentabrdan 27-sentabrga qadar Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida boks sport turi bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada buxorolik azamatlar Alisher Ayubov va Mars To‘rayevlar ham munosib ishtirok etishdi. Yakunda esa faxrli 3-o‘rinni qo’lga kiritib, medal, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlishdi.

Har ikkala sportchilar Buxoro davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti talabalari ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak, albatta. Faxrli o‘rinni egallab, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan boskchilarimizning o‘qishlari shuningdek, keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ma’lumot uchun, boks (inglizchadan “box” — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasi. Uning tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunonistonning qadimgi Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy boksning vatani esa Angliyadir (16—17-asrlar). Mazkur sport turining dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867-y.).

1946-yil asos solingan Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA) 160 mamlakat aʼzo (1999-y.) hisoblanada. Boks 1904-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.

Boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6×6 m oʻlchamli ring (supa) da oʻtkaziladi. Bokschilar ogʻirligi 270 gr bo’lgan qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 daqiqadan 4 raund davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, bosh, tananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijalarga ko‘ra, eng koʻp ochko (xol) toʻplagan bokschi gʻolib deb topiladi.

Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan bokschining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 soniya vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa, referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengilganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqni tashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon oqishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.