Islom
“Alloh suvni hidsiz, taʼmsiz va rangsiz qilib yaratganining hikmati nima ekan”, – deb hech qiziqib ko‘rganmisiz?
Agar suv rangli bo‘lganida, butun tirik mavjudotlarning, koinotlarning rangi suvning rangidan tashkil topgan bo‘lur edi.
“Suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi?” (Anbiyo, 30).
Agar suvning taʼmi bo‘lganida, jamiiki oziq-ovqatlar, mevalaru-sabzavotlarning taʼmi bir xil, suvning taʼmiday bo‘lgan bo‘lur edi. Ularni qanday qilib yaxshi deya olardingiz?
“Uzumlar, bog‘lar, ekinzorlar, shoxlangan va shoxlanmagan xurmolar bo‘lib, bir xil suv ila sug‘orilar va ularning baʼzilarining mevasini baʼzilarinikidan afzal qilamiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qabilalar uchun oyat belgilar bordir” (Raʼd, 4).
Agar suvning hidi bo‘lganida, barcha oziq-ovqatlarning hidi bir xil bo‘lgan bo‘lur edi. Ularni qanday qilib bir-biridan farqlab, ajrata olardingiz?
Lekin Allohning hikmati yaratilishda biz ichayotgan chuchuk suvni hamda hayvonlar va o‘simliklarni sug‘orilayotgan suvlarni hidsiz, taʼmsiz, rangsiz bo‘lishini talab qilib, yaratdi. Bu go‘zal hikmat faqatgina hayotiy suvda to‘xtabgina qolgan emas. Mana bu turli suvlarga ham eʼtiboringizni qarating:
– quloq suvi – achchiq;
– ko‘z suvi – sho‘r;
– og‘iz suvi – chuchuk.
Allohning Rahmati quloq suvini g‘oyatda achchiq bo‘lishini talab qildi. Bunga sabab esa, quloqlarga kiradigan har qanday kichik-kichik qo‘ng‘izu-hasharotlardan himoya qilish edi.
Ko‘z suvini sho‘r qilib yaratilishiga sabab, bu shaffof ko‘zlarni har xil chang-g‘uborlardan (mikroblardan) va zararli bo‘lgan narsalardan asrab avaylash edi.
Og‘iz suvining chuchukligiga sabab esa, narsalarning taʼmini bir-biridan ajratib olish qobiliyatiga ega bo‘lish uchun, chuchuk qilib yaratildi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi