Mashhurlar

Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralar haqida gapirib berdi – video

photo 693
Foto: Arxiv

Loading

Islom Karimovning nevarasi, bloger Maryam Tillayeva YouTubeʻdagi “Famitime TV” loyihasiga bergan intervyusida bobosi Islom Karimov bilan bogʻliq xotiralar haqida gapirib berdi.

Maryam Tillayeva 10 yoshgacha Toshkentda yashagan. Keyin esa oilaviy Latviyaga koʻchib oʻtgan. Undan soʻng Parij, Shveytsariya va AQSh da yashagan. Uning soʻzlariga koʻra, bobosi bilan bogʻliq yaxshi xotiralari boʻlgan. Bloger Islom Karimov bilan har yozda koʻrishganini aytdi. Maryam Tillayeva bobosi unga tennis oʻynash, suzish, mashina haydashni oʻrgatganini taʼkidladi.

“10 yoshimgacha Toshkenda yashaganmiz, keyin oilaviy Latviyaga koʻchib oʻtganmiz. Undan keyin Parij, Shveysariya va AQSh ga koʻchib oʻtganmiz, bir joyda 3 yoki 1 yil yashaganmiz. Ota-onam bilan bogʻga, sport mashgʻulotlariga borganman, bobom bilan bogʻliq yaxshi xotiralar bor. Bobom bilan har yozda koʻrishar edim, meni suyukli nevarasi deb bilar edi. Ular oʻz vaqtida onamga ajrata olmagan vaqtini menga bagʻishlardilar. Men tugʻilganimda oʻziga otalik rolini olgandek boʻlgan. Bobom menga tennis oʻynashni, suzishni oʻrgatgan, hatto ilk marta mashina ruliga oʻtirganimda ham ular yonimda edilar”, — deydi Maryam Tillayeva.

Avvalroq Maryam Tillayeva bobosining vafoti kuni boʻlgan hodisa haqida gapirgandi. Maryam Tillayeva Toshkentga 2016-yilda bobosining vafotidan soʻng uzoq muddat kelmagan. U Islom Karimovning soʻnggi kunlarida buvisi, onasi va oʻzi uning yonida boʻlganini aytdi. Otasi ukasi hamda singlisi bilan Los-Anjelesda qolgan. Instabloger shifokorlar Islom Karimovning yuragi urishdan toʻxtaganini maʼlum qilganda, ular oʻsha xona tomon yugurganini aytdi. Maryam Tillayevaning eslashicha, oʻsha payti sarosimadan buvisi va onasining oyogʻidagi shippagi yechilib ketgan. U xonaga kirgach, Islom Karimovning tan soqchilari yigʻlayotganini koʻrgan. Bloger bu holat koʻz oldida qolib ketganini taʼkidlagan.

“Toshkentga yarim yil oldin bordim, undan oldin esa 2016-yilda borgan edim, bobom vafot etganidan keyin bormaganman. Uning soʻnggi kunlarida buvim, oyim va men yonlarida boʻlganmiz. Otam oʻshanda ukam hamda singlim bilan Los-Anjelesda qolgandi. Bobomning oʻlimidan soʻng bir holat koʻz oʻngimda qolib ketgan. Shifokor uning yuragi urishdan toʻxtaganini aytganida, hammamiz u yotgan xonaga yugurganmiz. Zinadan tushib borar ekanmiz, sarosimadan buvim va onamning oyoqlaridagi shippaklar otilib ketgan. Men oʻshanda xonaga kirganimda bobomning yonida uzoq yillar birga boʻlgan kuchli, kap-katta, baquvvat erkaklar yurakdan yigʻlayotganini koʻrganman. Bu holat meni qattiq taʼsirlantirgan. Shundan soʻng men Oʻzbekistonga qaytmadim. Bobom bilan oʻrtamizda juda katta rishta bor edi”, — deydi Maryam.

Shuningdek, Maryam Tillayeva “Xalqning puli qayerda?” degan savolga javob qaytargandi. U pullarini oʻzi ishlab topishini aytgan. Bloger ota-onasining pulidan foydalanmaydi. Maryam Tillayeva moliyaviy imkoniyati kemalarni ijaraga olish, mehmonxonada tunashga yetadigan insonlar bilan doʻstlashishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, shunday imkoniyatga ega yigit bilan uchrashadi. Bloger bu kabi izohlar uni oʻz ustidan nazoratini yoʻqotishiga sabab boʻlishini taʼkidladi. Shuningdek, Maryam Tillayeva daromadi haqida intervyu bergani va u tez kunda eʼlon qilinishini aytdi.

“Men oʻz pullarimni oʻzim ishlab topaman. Ota-onamning pulidan foydalanmayman. Moliyaviy imkoniyati kemalarni ijaraga olish, mehmonxonalarda tunashga yetadigan doʻstlarim bilan birgalikda dam olaman. Balki mana shunday imkoniyati bor yigitlar bilan uchrasharman. Bu oʻzimning ustimdan nazoratni yoʻqotishga sabab boʻladigan izohlar. Tez orada daromadimni qanday ishlab topishim haqidagi suhbatim eʼlon qilinadi”, — dedi Maryam Tillayeva.

To‘liq video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.